Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yi 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 216-bandida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali o‘tkazildi.

  

“XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida joriy yilning 31-oktabr kuni soat 14:00 da Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Raqamli texnologiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Fanlar akademiyasi hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan Toshkent shahridagi Inha universitetida “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Ush bu forumda O‘zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ayollari faol qatnashdilar.


×