Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Rahbariyat

Sultanov Karim Sultanovich

OʼzR FА M.T. Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori (2021-yildan hozirgi vaqtgacha).

Fizika-matematika fanlaridoktori, professor. Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, yer osti inshootlarining seysmik mustaxkamligi, gruntlar dinamikasi, iplar mexanikasi sohalarida ilmiy faoliyat olib borayotgan olim.

Sultanov Karim Sultanovich Toshkent politexnika institutini (1971) va Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1986). Ixtisosligi injener - mexanik va matematik. 1971 yildan boshlab OʼzR FА Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi institutida ishlaydi. Nomzodlik dissertatsiyasini (1977) va doktorlik dissertatsiyasini (1992) 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi» ixtisosligi boʼyicha M.V. Lomonosov nomli Moskva davlat universitetida yoqlagan.

Uning ilmiy ishlari natijalari 2 ta monografiyada, 300 dan ortiq ilmiy maqolalarda, ulardan 130 tasi ilmiy jurnallarda, shundan 40 tasi nufuzli chet el ilmiy jurnallarida, 90 dan ortiq maqolalar ilmiy toʼplamlarda, simpoziumlar, xalqaro va respublika konferentsiyalari materiallarida nashr qilingan. Uning ilmiy raxbarligi ostida 5 ta doktorlik va 11 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan.


Xudaykuliev Rajabbay Ruzmatovich

OʼzR FА M.T. Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari (2021-yildan hozirgi vaqtgacha).

Texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. Qishloq xoʼjaligi mashinasozligi soxasi olimi.

1963 yil 10 dekabrda Xorazm viloyati Koʼsh-koʼpir tumanida tugʼilgan. 1983 yilda Qoʼqon avtomabil yoʼllari texnikumini imtiyozli diplom bilan tomomlagan. 1990 yilda Toshkent mashinasozlik institutini tamomlagach, OʼzR FА M.T.Oʼrazbaev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi insitutida muxandis lavozimida ish boshlagan. Keyinchalik kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, institut Bosh muxandisi, umumiy va iqtisod ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan.

90 dan ortiqilmiyishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 10 dan ortiqixtiro patenti va foydali modellarmuallifi. Innovatsion ishlanmalar yarmarkalarining turli bosqichlarida sanoat va qishloq xoʼjaligi mashinalari yoʼnalishlarida faxirli oʼrinlarni qoʼlga kiritgan. U bevosita ishtirok etgan ilmiy ishlanmalarning 11 tasi amaliyotga joriy qilingan.


Ismoilova Sabida Isroilovna

OʼzR FА M.T. Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy kotibi (2014-yildan hozirgi vaqtgacha).

Texnika fanlari doktori. Toʼqimachilik iplarining mexanik xususiyatlarini oʼrganish, ularning texnologik jarayonlarda oʼzgarish chegaralarini aniqlash va tadbiq qilish hamda iplarning mustahkamligini aniqlashning ilmiy asoslarini yaratish sohasidagi olim.

1973-yil 11-mayda Tojikiston Respublikasi Xoʼjand viloyatida tugʼilgan. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutini 1995-yilda tomomlagan. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti laboranti, katta lobaranti, OʼzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Fizika-matematika, texnika va Yer haqidagi fanlar boʼlinmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, ilmiy ekspertiza boʼlimi bosh mutaxassisi, OʼzR FА Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 1 ta monografiya va 2 ta dasturiy mahsulotlar muallifi.


 


×