Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Ilmiy faoliyat

Institutning asosiy ilmiy yoʼnalishlari:

- deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi, eksperimental mexanika;
- bino va inshootlar seysmik mustahkamligi;
- suyuqlik va gaz mexanikasi;
- mashina va mexanizmlar nazariyasi, konstruktsiyalar dinamikasi va mustahkamligi.

Tadqiqotlarning maqsadi:

Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi, gruntlar mexanikasi, suyuqlik va gaz mexanikasi, eksperimental mexanika usullari, mexanizmlar va mashinalar nazariyasi, konstruktsiyalar dinamikasi va mustahkamligi, inshootlar seysmik mustahkamligi muammolari va ularning seysmik havfsizligini taʼminlovchi tavsiyalar tayyorlash, ularni seysmik himoyalash usullari, hayotni taʼminlovchi seysmik havfni kamaytiruvchi strategiyani ishlab chiqishning ilmiy asoslarini rivojlantirish.

Tadqiqotlarning vazifalari:

- grunt sharoitlarini, chiziqsizlik xususiyatlarini va seysmik taʼsir turlarini hisobga oluvchi er osti inshootlari seysmodinamikasi, asos va poydevorlar ilmiy asoslarini yaratish va rivojlantirish;
- dinamik yuklanishlardagi jismlarni, gruntli muxitlar va inshootlarni ularning konstruktiv va tuzilish hususiyatlarini hisobga olgan holda deformatsiyalanish qonuniyatlari, mustahkamligi va seysmik mustahkamligi boʼyicha tadqiqotlar olib borish;
- gidrotexnik inshootlar dinamikasi va seysmik mustahkamligi boʼyicha tadqiqotlar olib borish;
- materialning konstruktiv hususiyatlarini va mexanik xossalarini hisobga olgan holda plastinalar va qobiqlar nazariyasini rivojlantirish;
- inshootlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va ularning grunt bilan oʼzaro taʼsiri tadqiqotlari boʼyicha modelli va tabiiy sharoitda tajribalar oʼtkazish;
- sodda va murakkab yuklanishlardagi konstruktiv materiallarni oʼziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish va aniqlash, ularning deformatsiyalanish qonuniyatlarini oʼrnatish, deformatsiyalanuvchan muhitlarni elastik-plastiklik jarayonlari nazariyasini rivojlantirish;
- bino va inshootlar seysmik mustahkamligini taʼminlash boʼyicha tavsiyalar, ularni faol himoyalash metodlarini tayyorlash, hayotni taʼminlovchi tizimlarni seysmik havfini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish;
- suyuqlik va gaz mexanikasi, reologiya, koʼp fazali muhitlar va gidrouzatmalar tizimi muammolarini, ularni samarali ishlashi uchun texnik echimlar bilan taʼminlagan holda tadqiq qilish;
- mashinalar dinamikasi muammolarini tadqiq qilish, resurs tejamkorlik boʼyicha oʼz faoliyatini optimallashtirish usullarini yaratish;
- hisoblash usullarini yaratish va rivojlantirish, mashina va mexanizmlarning yangi avlodlarini yaratish;
- neft - gaz va togʼ - metallurgiya sanoatidagi zararli chiqindilarni ushlab qolish muammolarini echish boʼyicha izlanishlar olib borish.


×