Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

PhD. Nabiev Ayder Mustafaevich 2022 yil dekabr oyida Yaponiya davlatida malakasini oshirib keldi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi PhD. Nabiev Ayder Mustafaevich 2022 yil dekabr oyida Yaponiyaning halqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan tashkil etilgan «Razvitie chelovecheskix resursov visokogo urovnya v promishlennosti s pomosh'yu injenernogo obrazovaniya v yaponskom stile» nomli o‘quv kursida Yaponiya davlatida malakasini oshirib keldi. O‘quv kursida Yaponiyaning muhandislik ta'limiga, intellektual mulk, texnologiyalarni lisenziyalashtirish, ekologiya va tibbiyot sohalaridagi zamonaviy talablar va erishilayotgan yutuqlarilarni o‘rganish orqali yangi bilim va ko‘nikmalarni egallandi.

  

  

Yaponiyaning MIE universiteti, Nagoyya texnologik instituti va Tokio texnologik institutlarining muhandislik ta'limidagi zamonaviy tajribasi o‘rganildi hamda FUJIFILM MANUFACTURING Co., Ltd, «Uno Dzyuko» kompaniyalari,Atrof muhitni muhofaza qilish agentligi va boshqa tashkilotlar faoliyati bilan tanishib chiqildi. O‘quv kursida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Moldovaning vakillari qatnashdi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 


×