Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

8 mart — «Xalqaro xotin-qizlar» bayrami

Ayol deb atalmush muqaddas kalom bejizga bardavom tarannum etilmaydi. Albatta biz o’lkamizga bahorning kelishi va uning beqiyos go’zalligini munis ayollarimizning gulgun shehralariga qarab bilib olamiz. Istiqlol yillarida yurtimizdagi xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko’rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o’rni yildan-yilga faollashib bormoqda.

2022 yil 7-mart sanasi go’zallik, latofat, mehru-muhabbat hamda ishda va oilada faollik egalari bo’lgan institutimiz xotin-qizlari uchun esda qolarli lahzalarga boy bo’ldi. Institutimiz direktori Karim Sultanov boshchilida tashkillashtirilgan “Aziz va muqaddassan ayol” tadbirida so’zga chiqib institutimizni barcha ayollarini bayram bilan samimiy tabrikladi, ularga muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbirdan so`ng institutimizda faoliyat yuritib kelayotgan barcha xotin-qizlarimizni esdalik sovg’alar bilan taqdiqlandilar. Bayram shukuhi to’kin dasturxon atrofida yanada fayzli va xursandchiliklarga boy ravishda davom etdi.

  


×