Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi, global isish sharoitida infratuzilmalarning ishonchliligini oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiya

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholi, binolar, inshootlar va infratuzilmalarni seysmik xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Binolar va turli maqsadlardagi inshootlarni zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha yuqori natijalarga erishish uchun ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab quvvatlashga barcha kerakli sharoitlar yaratilmoqda. Ohirgi yillarda “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi qonuni hamda, Respublika Prezidenti va Hukumatining bir qator qarorlari qabul qilindi. Kuni kecha 2022 yil 30 mayda “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Respublika Prezidentining PF-144 sonli farmoni qabul qilindi. Farmonda ilmiy xodimlar va mutaxassislar oldida turgan seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasining dolzarb muammolariga to‘xtalib o‘tilgan.

  

  

   

     

16-17 iyun' kunlari bino va inshootlarning zilzilabardoshligi, global isish sharoitida infratuzilmalarning ishonchliligini oshirishning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasidagi AQSh elchixonasi, xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengash, Berkli shahridagi Kaliforniya univresitetining qo‘llab quvvatlashi asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida o‘tkazildi.
Konferensiyada AQSh, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yetakchi ilmiy tekshirish institutilari va universitetlarining vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiyada yoritilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va global isish sharoitida shaharlar va hududlar infratuzilmalarning ishonchliligini oshirishning dolzarb muammolari va ularning rivojlanishining zamonaviy bosqichlari masalasi, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo hududidagi barcha malakatlar uchun tegishlidir. Ushbu muammo ohirgi yillarda shaharlarning jadal rivojlanish jarayonida juda aktual masala hisoblanadi.
Konferensiyaning bosh maqsadi zilzilabardosh qurilish sohasida tajribalar, bilim va erishilgan muvaffaqiyatlarni almashish, global isish sharoitida vujudga keladigan masala va muammolarni aniqlash hisoblanadi va Markaziy Osiyo hududidagi mamlakatlarni barqaror rivojlanishiga imkon beradi.
Taqdim etilgan ma'ruzalar va ularning muhokamasi muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish imkonini berib, taklif etilgan tavsiyalar zilzilabardosh qurilishi amaliyotida qo‘llanilish bo‘yicha o‘z o‘rnini topadi.
Ilmiy aloqalarni mustahkamlanishi ilmiy tadqiqotlarni va dunyodagi yetakchi ilmiy markazlar imkoniyatlarida foydalanib regional hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.


×