Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Muhim natijalar

OʼzR FА M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining ohirgi yillardagi ilmiy yutuqlari


Fundamental tadqiqotlar sohasida erishilgan asosiy yutuqlar:

- T-, G- i V- koʼrinishdagi murakkab shaklli yer osti quvurlarni yer usti qalamining yorilgan joylarida, gruntning tuzilishi va konsistentsiyasi keskin oʼzgaruvchan chegaralarda, kuchli seysmik taʼsirlar natijasidagi oʼpirilishlar va oqma loylarda suvga toʼyingan gruntlar bilan oʼzaro taʼsiri tadqiq qilindi;
- bimomentlik nazariyasi asosida elastik asosni hisobga olgan va olmagan holda dinamik kuch taʼsiridagi plastinalar, balkalar va qobiqlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini sonli hisoblash metodikasi ishlab chiqildi;
- toʼlqinlar nazariyasini afzalligi va aniqligini asoslash maqsadida yer osti inshootlarining seysmik mustahkamligi masalalari hisoblangan va yer osti inshootlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatiga baho berilgan. Dinamik yuklamani hisobga olgan holda yer osti quvurlarini kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatining aniqligi asoslab berildi;
- qalin anizotrop obolochkalar (qobiqlar) va plastinalarning bimomentlik nazariyasi ishlab chiqildi;
- turli grunt sharoitlarida joylashgan seysmik yuklamalardagi turli konfiguratsiyali va turli materialli yer osti quvurlarini dinamikasi tadqiq qilindi va hisoblash metodikasi ishlab chiqildi;
- grunt massivi va seysmik yuklamadagi toʼlqin jarayonlariga qarab gruntli inshootlarning (toʼgʼon, qiyalik, karьer bortlari) kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tadqiq qilindi va ularning turgʼunligiga, seysmik mustahkamligiga baholandi;
- fazoviy hisoblash modeli, chekli elementlar uchuli (ChEU) boʼyicha hisoblash dasturi ishlab chiqildi va turli intensivlikdagi seysmik taʼsirlarda tebranishdagi dinamik soʼndiruvchili binoning seysmik mustahkamligi baholandi;
- gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonida obʼekt joylashgan joyning seysmik sharoitini hisobga olgan holda respublika va xalqaro meʼyoriy xujjatlarga muvofiq seysmik havfsizligini taʼminlovchi metodologiya ishlab chiqildi;
- tishli-richagli planetar va differentsial tipdagi valik oraligʼi uzatish mexanizmini sintez qilish usuli ishlab chiqildi.

Аmaliy tadqiqotlar sohasida ershilgan asosiy yutuqlar:

- tuz tuplangan joylarda sement qatlamining yemirilishi va koʼmilgan quvurlarni pachoqlanishi sabablari oʼrganildi, shu joylardan oʼtish uchun skvajinalarni mahkamlash texnologiyasi ishlab chiqildi;
- AutoCAD dasturi yordamida sanoat makro-inertsion changyutgichining texnik xujjatlari shakllantirildi va dedatlashtirish chizmalari ishlab chiqildi;
- takomillashgan marazdan qochirma qurilmada modelli eksperimental tadqiqotlarni oʼtkazish metodikasi ishlab chiqildi va statik va dinamik yuklamalar taʼsiridagi harorat omili hisobga olgan holda, turli chuqurliklarda oʼrnatilgan yer osti polietilin quvurlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tadqiq qilindi;
- "TEXNOLOG-STAN" MChJ va АO "Texnolog" АJ bilan birgalikda tarkibiy universal shpindelli paxta terish apparati uchun konstruktorlik xujjatlari tayyorlandi. Ventilyator uzatmalarining, paxta terish apparatining va dalaning yon tomonidan koʼrinishini avtomatik nusxa olish sistemasi optimallashgan parametrlari yagona gidrosistema kabi aniqlandi va amaliyotda qoʼllash uchun tavsiyalar tayyorlandi.
- otib beruvchi baraban va chigit ajratuvchi qurilmali arrali jin uzatmasi ishlab chiqildi. Аrralaroro qistirmalar va arrali djin qistirmalarini mahkamlovchi val tayyorlandi.
- koʼnyarim mahsulotiga mexanik ishlov berish uchun yangi konstruktsiyali resurstejamkor qurilmaning va valikli texnologik mashinalar mexanizmlarining maket nusxalari tayyorlandi va hisoblash va loyihalash boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqildi;
- toʼgʼri va egri chiziqli harakatda oʼzgaruvchan bazali va izli traktorning dinamik turgʼunligi va buriluvchanligi baholandi. Klirensni oʼzgarishini 4-gʼildirakli traktorning oʼtishiga va harakatning tekisligiga taʼsiri baholandi, boshqariluvchi klirensli traktor harakati turgʼunligini baholash mezonlarini aniqlash tavsiyalari ishlab chiqildi;
- KMK 2.01.03-96 "Seysmik xududlarda qurilish"ning IV boʼlimi yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlarining hisoblash usullari aktuallashtirildi hamda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar loyihalash uchun Qurilish vazirligiga taqdim etildi;
- gruntli toʼgʼonlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati sonli usullar bilan va gruntli inshootlar qiyaliklarining turgʼunligi meʼyoriy usullar yordamida aniqlandi. Yaratilgan EHM dasturi asosida qoʼyilgan masalalar yechildi, seymik taʼsirdagi gruntli toʼgʼonlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlash boʼyicha bir qator hisoblashlar oʼtkazildi.
- vibratsiyali stolning tebranishlarini koʼchishini registratsiya qiluvchi datchiklar ishlab chiqildi, tenzmetrik kuchaytirgich va АTsP plata tayyorlandi;
- Oxangaron rayionidagi Shavazsoy karьeridagi portlashda seysmik portlash natijasidagi toʼlqinlarning binoga va uning gruntli asosiga taʼsirini baholash boʼyicha mobilь muxandislik-seysmometrik stantsiyasi dala sharoitida sinovdan oʼtkazildi;
- seysmik taʼsirdagi qatlamli elastomer asosli binoning fazoviy modeli ishlab chiqildi. Konstruktsiya elementlarini oʼzaro taʼsiri, deformatsiya turlari va konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda plastinalarning bimomentlik nazariyasini qoʼllash asosida toʼrtburchak (korobka) konstruktsiyali bino modeli takomillashtirildi;
- dinamik taʼsirdagi fazoviy korobka konstruktsiyali binoning va karkasli binoning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblovchi metodika, algoritm va dastur ishlab chiqildi;
- aylanish markazi yoysimon xarakatlanuvchan yangi differentsial mexanizmning amaldagi maketi tayyorlandi va nazariy olingan natijalarni tekshirish boʼyicha eksperimental tadqiqotlar oʼtkazildi;
- sanoat makro-inertsion changyutgichi ishlab chiqildi;
- tuzli va loyqa choʼkmalarni oʼtkazadigan skvajinalarni mahkamlash texnologiyasi, quvurlarni egilishi boʼyicha qurilma ishlab chiqildi;
- laboratoriya statik xavo-markazdan qochirma klassifikator tayyorlandi.

Innovatsiya tadqiqotlari boʼyicha erishilgan asosiy natijalar:

- yoʼl inshootlarini koʼtarish imkoniyatlarini oshiruvchi yangi texnologiya "Аvtoyulloyixa" АJda joriy qilindi va meʼyoriy xujjatlar tayyorlandi;
- KNK-270 tik-nishab konveyerni mustahkam ishlashini taʼminlovchi tadqiqotlar oʼtkazildi va Muruntau karьerida kon ishlarini olib borishda mumkin boʼlgan kritik holatlar oldi olindi;
- arrali jinning yuqori aniqlikli va ishonchli terimli, koʼp marta ishlatish mumkin boʼlgan kolosniki joriy qilindi;
- gruntli toʼgʼonlar va boshqa muhim gidrotexnik inshoot (GTI)lar uchun seysmik havfni kamaytiradigan metodika ishlab chiqildi. GTIni texnik holatini ishonchliligini, bexavotir ekspluatatsiya qilishni taʼminlovchi harakatlar tahlil qilindi va tanlandi;
- paxtani quritish, tozalash, jinlash, shuningdek tolani tozalashda energiya sarfini boshqarish va kamaytirish texnologik jarayonlarini sxemasi ishlab chiqildi;
- arrali jin va tola tozalovchi texnologik mashinalarni boshqarishni atomatlashtirilgan sistemasi yaratildi;
- shahar qurilishi meʼyorlari ShNK 2.01.20-16 "Seysmik rayonlarda transport inshootlarini qurish" va ularni joriy qilish boʼyicha takliflar tayyorlandi.


×