Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYaSI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA VA XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYaSI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA VA XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR “OLIMA” UYuShMASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “OQILA AYoLLAR” HARAKATI KASBIM-HAYoTIM MAZMUNI Ma'naviy-ma'rifyiy tadbiri.

  

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80-yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlari doirasida Fanlar akademiyasi tizimida uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan, ilm-fan rivoji uchun xizmat qilayotgan fidoyi olima ayollarimizga ehtirom ko‘rsatish maqsadida 10 noyabr' kuni "Kasbim-hayotim mazmuni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Institutimizdan 40 yildan ziyod fidoyilik bilan xizmat qilgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan ayollarimiz:  t.f.d., prof. K.D.Salyamova, f-m.f.n., kat.i.x. G.K.Annakulova, A.Z.Saturova, M.E.Bazarbaeva, G.M.Pulatova, D.K.Abdujamilova, M.A.Boboevalar esdalik sov-alar va tashakurnomalari bilan  taqdirlandilar.

  

Hurmatli aellarimizni tabriklab ularga  dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilab qolamiz!!! Yana ko‘p yillar Institutimizda fidoyilik bilan xizmat qilish va ilmiy faoliyat olib borish nasib etsin sizlarga!


×