Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekiston kasaba uyushmasi federatsiyasi tamonidan Mustaqilligimizning 32-yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

  

  

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmasi federatsiyasi tamonidan Mustaqilligimizning 32-yilligiga bag‘ishlab  tashkillashtirilgan sport-sog‘lomlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda sportning futbol (bolalar uchun), stol tennisi, shashka, shaxmat va darts turlaridan musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda institutimiz nomidan qatnashganlardan A.X.Axmedov (shaxmat) va X.A.Axmedov (darts) lar musobaqalarda faol qatnashib finalga yo‘l olishdi. Final baxslari 29-avgust kuni Yakkasaroy sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Institutimiz nomidan qatnashayotganlarni qo‘llab quvvatlashga taklif qilib qolamiz.


×