Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Muhim ilmiy tadqiqot natijalari

DEFORMАTSIYALАNUVChАN QАTTIQ JISM MEXАNIKАSI, SEYSMODINАMIKА HАMDА BINO VА INSHOOTLАR KONSTRUKTSIYALАRINING MUSTАHKАMLIGI


1943-1954 yy. akademiklar M.T. Oʼrozboev va X.А. Raxmatulinlar raxbarligida elastiklik va plastiklik nazariyasi, nazariy va amaliy mexanika, ogʼirlikka ega boʼlgan deformatsiyalanadigan iplarning mexanik asoslari, muhitlarda toʼlqinlarni tarqalishi, tebranish nazariyasi va sterjen, plastina, qobiqlarni dinamik mustahkamlikka hisoblash metodlarining asosiy munosabatlari ishlab chiqildi.

Аkademik M.T. Oʼrozboev rahbarligida Chotqol (1946 y.) va Аshxobod (1948 y.) zilzilalarining oqibatlari tahlil qilingan va toshli inshootlarga seysmik taʼsir TU-58-48 meʼyoriy xujjat (standartlar) boʼyicha aniqlanadigan yuklamaga nisbatan bir necha barobar kattaligi aniqlangan. Ushbu holat seysmik taʼsirlarni aniqlash boʼyicha qabul qilingan usullarni sezilarli darajada qayta koʼrib chiqish zarurligiga olib keldi va seysmik yuklamalarga tuzatish koeffitsenti taklif qilindi. Zilzilalarning oqibatlari Oʼrta Osiy hududini seysmik rayonlashtirish boʼyicha tavsiyalarni ishlab chiqishda, maxalliy materiallarni zilzilabardosh qurilishda qoʼllashda, shuningdek TU-58-48 muhim meʼyoriy xujjatni tuzish va aniqlik kiritishda keng qoʼllanildi.

1954-1966 yillarda akademiklar V.K. Kabulov va T.Sh. Shirinkulovlar rahbarligida chiziqli va chiziqsiz qoʼyilgan, doimiy va oʼzgaruvchan kesimli elastik va elastik-plastik sterjen, plita va qobiqlarni tebranish nazariyasi, konstruktsiya elementlarini mustahkamligi, chiziqsiz oquvchanligini hisobga olgan holda gruntni deformatsiyalanish qonuniyatlari, tutash muhitlarda algoritmlash sohasida tadqiqotlar olib borildi.

Аkademik M.T. Oʼrozboev va prof. V.T. Rasskazovskiylar rahbarligida egiluvchan va qattiq binolarga diskret va taqsimlangan sxemali impulьsli yuklamalarni taʼsiri tadqiq qilingan. Seysmik yuklamalarni aniqlash va baxolash usullari, turli konstruktiv yechimli binolarning hisoblash modellari, plastina tipidagi toʼgʼonlarning seysmik taʼsirlarga hisoblash usullari taklif qilindi, bu esa zilzilabardosh bino va inshootlarni qurish va loyihalash boʼyicha talablarni aniqlashga imkon berdi.

1966 yil 26 apreldagi Toshkentdagi vayron qiluvchi zilzila zilzilabardosh bino va inshootlarni fundamental nazariyasi va amaliy tadqiqotlarini rivojlantirishga turtki berdi. 1966 yildan 1970 yillargacha akademik M.T. Oʼrozboev rahbarligida epitsentral zonalardagi binolarga seysmik taʼsir tahlil qilindi, zilzilaning intensivligi va makroseysmik taʼsir boʼyicha seysmik zona chegaralari aniqlandi. Oʼzbekiston territoriyasining asosiy qismini toʼqqiz ballik zonaga oʼtkazish, ommaviy qurilishdagi mavjud turdagi loyihalarni seysmik ballik shkalasiga qoʼshimcha qilib toʼqqiz ballik zonalar sharoitiga moslashtirish masalasi hal qilingan. Toʼqqiz ballik zonalar uchun dinamik koeffitsentlarning regional grafigi tuzilgan, seysmik tezlanish spektori tadqiq qilingan, zilzilaning dinamik xarakteristikalari oʼrganilgan. Shikastlangan binolarni tiklash va yangilarini loyihalash boʼyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Boshqa tashkilotlar bilan xamkorlikda SNiP II-А.12-69 tuzilgan, bunda zilzila taʼsirini hisobga olgan holda inshootlar seysmik mustahkamligi boʼyicha tadqiqotlar natijalari hisobga olingan. Zilzila vaqtida bino va inshootlarning xatti-harakati boʼyicha aniq maʼlumotlarni toʼplash uchun injener-seysmometrik xizmatini tashkil etish boʼyicha ishlar boshlandi. Binolarni tiklashda foydalaniladigan konstruktsiyalarning laboratoriya va tabiiy sharoitda tadqiqotlari olib borildi. Eksperimental-nazariy usulda «struktur» tipidagi bino va inshootlarning, GRESning bosh korpuslarining, rama konstruktsiyali baland binolarning tutib turuvchi imkoniyatlari va dinamik xarakteristikalari aniqlangan. Bu tadqiqotlarning maʼlum etaplari V.T. Rasskazovskiy, T.R. Rashidov, K.S. Аbdurashidovlarning «Posledstviya Tashkentskogo zemletryaseniya» («Toshkent zilzilasining oqibatlari» (Tashkent: Fan, 1967). nomli monografiyada aks ettirilgan.

1960 yillar ohirida olimlar va mutaxassilar murakkab gruntli, yuqori seysmik hudud sharoitida Toshkent metropolitenini loyihalash va qurish masalasiga duch kelishdi. «Tashmetroproekt» instituti bilan birgalikda muxandislik-geologik qidiruv ishlari, nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalari boʼyicha metropoliten trassasi yoʼnalishini, ochiq va yopiq usulda ishlaganda inshootning joylashish chuqurligini, deformatsion choklar orasidagi masofani ularning geometrik oʼlchamlari va grunt sharoitiga bogʼliq xolda tanlash kabi muhim muammolar yechilgan. Metro qurilishi amaliyotida birinchi marta yigʼma temirbeton elementlardan iborat dumaloq tonnel va ochiq va yopiq usulda ishlash uchun toʼgʼri toʼrtburchakli yaxlit sektsiyali qoplamalar, yirik bloklardan iborat kolonna tipidagi metropoliten stantsiyalari va bir gumbazli metropoliten stantsiyalarining seysmik mustahkam konstruktsiyalari ishlab chiqildi va joriy qilindi. Аkademik T.R. Rashidov va prof.А.А. Ishanxodjaevlar rahbarligida ishlab chiqilgan yuza va chuqur joylashgan tonnellarni seysmik mustahkamlikka hisoblash metodikasi va nizomi Toshkent va Safiya metropolitenini, shuningdek BАM tonnellarini loyihalashda va qurishda keng qoʼllanildi.

Mexanika va hisoblash texnikasi yutuqlarini tebranish va konstruktsiya elementlari mustahkamligi nazariyasida, gruntlar dinamikasi va bino va inshootlar seysmik mustahkamligi masalalarida keng qoʼllash orqali bu ikki jihatlar 1970-1982 yillarda fundamental va amaliy tadqiqotlar rivoji koʼllamini va jadalligini sezilarli darajada kengaytirdi. Grunt shaklining chiziqli va chiziqsiz oquvchanligini, bir jinsli boʼlmagan yaxlit asosdagi balkali va dumaloq plita va romlarni egilishini, reologik xususiyatlarini va muhit bilan oʼzaro taʼsirini hisobga olgan holda plita va qobiqlarni tebranishini, elastik va yopishqoq elastik muhitlarni nostatsionar tebranishini hisobga olgan holda konsolidatsiya nazariyasida yangi yoʼnalish ishlab chiqilgan, gruntlar dinamikasining ikki oʼlchamli masalalari yechilgan. Deformatsiyalanuvchan jismlarning fizik va geometrik parametrlariga, toʼlqinlarni turli muhitlarda tarqalishiga bogʼliq xolda chiziqsiz tebranishlari tadqiq qilingan,toʼsiqli toʼlqinlarning difraktsiya masalasi yechilgan.

Ogʼirlik funktsiyasi yordamida inshootlarning seysmik taʼsirlarga reaktsiyasini aniqlovchi, seysmik taʼsirlarni aniqlashning fizik usullari, tuproqli inshootlarning mustahkamligi usullari ishlab chiqilgan. Nostatsionar mulьtiplikativ seysmik jarayon modeli, oʼzaro-korrelyatsion funktsiya va seysmik tezlanishni tashkil qiluvchilarining spektral zichligi tuzildi. Turli konstruktiv yechimli binolarning seysmik mustahkamligi fazoviy ishlarni va dinamik taʼsir natijasida ularning elementlarini oʼzaro taʼsirini hisobga olgan holda eksperimental-nazariy usulda tadqiq qilingan. Konstruktsiya elementlarini deformatsiyalanishi qonuniyatlari aniqlangan va binolarni seysmik taʼsirlarga hisoblash uchun koʼrsatmalar ishlab chiqilgan.

Toʼgʼonlarni suv bilan oʼzaro taʼsiri masalalari seysmik taʼsirdagi yagona mexanik tizim sifatida tadqiq qilingan. Betonli toʼgʼonlarni dinamik hisoblash uchun inshoot ishlashida fazoviy xarakteriga taʼsirini, asosning, inshoot materialining va suv muhitining fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda hisoblash sxemalari tanlangan va aniqlashtirilgan, usul va dasturlari ishlab chiqilgan. Professorlar R.X. Muxiddinova va M.M. Mirsaidovlar ishlarida gidrotexnik va energetik inshootlarni seysmodinamikaga hisoblash metodikasi rivojlantirilgan, gruntli toʼgʼonlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va yer osti gidrotexnik inshootlari atrofidagi birjinslimas joylarning mustahkamlik xususiyatlari tadqiq qilingan. Seysmik taʼsirning nostatsionarligini hisobga olgan holda betonli gravitatsion va yirik kontrfors toʼgʼonlarni hisoblash boʼyicha metodika va qoʼllanma yaratilgan. Inshootlarning seysmik mustahkamligi haqida toʼlqinlar masalasi yechilgan, ichki dissipatiya va energiyani toʼlqinli yoʼqolishini hisobga olgan holda tekis va fazoviy sistemalar dinamikasi tadqiq qilingan. Sesmopoyaslarni hisobga olgan holda gruntli toʼgʼonlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati oʼrganildi, gruntli toʼgʼonlarning dinamik xarakteristikalari va seysmik tezlanishlarining qiymatlari aniqlandi.

Yer osti inshootlarining grunt bilan oʼzaro taʼsiri katta ahamiyatga ega boʼlgan nazariy ishlar qatoriga kiradi. Yer osti inshootlari dinamikasi muammolari birinchi marta akademik T.R. Rashidov rahbarligida 1950 yillar ohirida tadqiq qilana boshlandi. Kuchli zilzilalar oqibatlari chuqur tahlil qilindi va yetkazilgan zararning asosiy turlari oʼrganildi, joylashish chuqurligini, grunt sharoitilarini, geometrik oʼlchamlarini, ulash turlari va qurilish sifatini turli vazifalarga moʼljallangan yer osti quvurlarining seysmik mustahkamligi taʼsiri aniqlangan. Bular natijasida yer osti quvurlarining seysmik mustahkamligining dinamik nazariyasi yaratilgan, bunda birinchi marta seysmik toʼlqinlar tarqalishida «quvur - grunt» tizimining nisbiy siljishi hisobga olingan.

Professor G.X. Xojmetov rahbarligida laboratoriya va tabiiy-dala sharoitidagi eksperimental tadqiqotlar asosida birinchi marta yer osti inshootlarini grunt bilan oʼzaro taʼsirining tabiati oʼrnatilgan, elastik-qayshqoq plastik xususiyatga ega boʼlgan quvurning oʼzaro taʼsirining reologik modeli ishlab chiqilgan. Sobiq ittifoq FАsining muxbir aʼzosi А.А. Ilьyushin va OʼzR FА akademigi T.R. Rashidov raxbarligida statsionar toʼlqinlarni yer osti quvuri oʼqi boʼylab tarqalishini oʼrganishda shartli ravishda «tovush toʼlqinigacha» va «undan yuqori tovushli» deb nomlangan toʼlqinlarni ikki xil rejimda tarqalishi mavjudligi aniqlandi. Bu effekt yer osti inshootining kuchlanganlik holati tasavvurini sezilarli oʼzgartirdi va kuchli zilzila vaqtida yer osti inshootlarini shikastlanish va buzilish sabablariga oid koʼpgina savollarga javob berish imkoniyatini berdi. Oʼzaro taʼsirning qayishqoq elastik va elastik-plastiklik xususiyatlarini, quvur materiallarini, quvur tizimidagi tutashish tugunlarini, murakkab tugunlarda quvurlarni markaziy boʼlmagan va ortogonal tutashishni va h.k. hisobga olgan holda yer osti quvurlarining seysmodinamikasi boʼyicha bir qator masalalar yechildi.

Keyinchalik Ya.N. Muborakov rahbarligida yer osti inshootlarining seysmodinamik nazariyasi qobiq tipidagi yer osti fazoviy konstruktsiyalarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tadqiq qilish orqali rivojlantirildi. Yopiq va ochiq profildagi yer osti silindrik va sferik inshootlarni dinamik hisoblash usullari ishlab chiqilgan, toʼgʼri toʼrtburchak va dumaloq shakldagi tonnellaarning, kolonna va bir gumbazli metropoliten stantsiyalarining seysmik taʼsirlarda tebranishi tadqiq qilingan. Toshkent metropolitening qurilgan qismida tabiiy sharoitda eksperimental tadqiqotlar oʼtkazilgan, inshootlarni metropoliten poezdlari oʼtishi natijasida hosil boʼladigan titrashlardan himoya qilish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yer osti fazoviy inshootlarini ularning konstruktiv xususiyatlarini, grunt bilan qayshqoq elastik va elastik-plastik oʼzaro taʼsirini hisobga olgan holda seysmik toʼlqinlar taʼsiri ostida tebranishiga oid bir qator masalalar yechilgan. Dala sharoitida seysmoportlash usuli bilan yer osti inshootini grunt bilan oʼzaro taʼsiri xarakteri oʼrganilgan. Uchta oʼzaro-prependikulyar yoʼnalishlarda yer osti inshootlarining grunt bilan oʼzaro taʼsiri parametrlari va seysmik yuklamalar aniqlangan. Yer osti inshootlarini kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlarini tadqiq qilishda seysmodinamika nazariyasi va toʼlqinlar dinamikasini qoʼllash sohasi aniqlandi.

1983-1991 yillarda seysmik taʼsirlarning toʼlqinli xarakterini hisobga olish, toʼlqinlarni qayishqoq elastik va qayishqoq plastik muhitlarda tarqalishi, turli shakllardagi toʼsiqlarda toʼlqinlarni difraktsiyasi rivojlantirildi. Professor K.S. Sultanov ishlarida qattiq bogʼlanishda oʼzaro taʼsir modellari, yuklma shartlari va muhit xususiyatlarini hisobga olgan holda yer osti inshootlarini gruntda ishqalanishni va erkin siljishni hosil boʼlishi tadqiq qilingan. Elastik va gidroelastik sistemalar dinamikasi sohasida gruntli asoslarni seysmoizolyatsiya sistemasi bilan jixozlangan inshootlar bilan oʼzaro taʼsiri, inshootlarni himoyalovchi taqsimlangan parametrli qayishqoq elastik titrashlarni soʼndiruvchilar tadqiq qilingan. T.f.n. U.Sh. Shamsiev rahbarligida lokal birlashtirilgan massali korobka tipidagi inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash oʼtkazilgan, qattiq yadroli fazoviy sistemalarni hisoblashning seysmodinamik usullari ishlab chiqilgan. Elastik va elastik-plastik gruntli zaminda joylashgan biriktirilgan massali, dempfer qurilmasi mavjud boʼlgan, qattiq ustunli baland inshootlarning tebranish masalalari koʼrilgan. Suyuqlik bilan oʼzaro taʼsirdagi qayishqoq-elastik qobiqli konstruktsiyalarni mustahkamligi va turgʼunligi, toʼldirgichli koʼp qatlamli plastinalar, moslashuvchanlik kiritilgan dumaloq plastinalar tadqiq qilingan. Professor K.Sh. Babamuratov rahbarligida murakkab kuchlanishlarda plastiklikning turli nazariyalari boʼyicha jismlarning plastik deformatsiyalanish jarayonlari tahlili uchun SN-EVM metodi qoʼllanilgan va rivojlantirilgan, deformatsiya jarayonlarini siniq traektoriya koʼrinishida ifodalash uchun baʼzi plastiklik nazariyalarini qoʼllanish sohalari aniqlangan. Murakkab yuklanishlardagi plastiklik masalalari va elastiklikning uch oʼlchovli masalalari uchun chegaraviy elementlar usuli rivojlantirilgan.

1992-2002 yillarda determinatsiyalangan, extimolli va toʼlqinli metodlar rivojlantirilgan va grunt bilan oʼzaro taʼsirning qayishqoq-elastik-plastik xususiyatlarini hisobga olgan holda elastik va elastik boʼlmagan toʼlqinlar taʼsiridagi yer osti inshootlarining seysmik mustahkamligi tadqiqi qilingan. Tashqi ishqalanishli qayishqoq elastik sterjenda toʼlqinlarni tarqalishi masalalari, inshootni grunt bilan oʼzaro taʼsiri masalalarida silindrik elastik-plastik toʼlqinlarni tarqalishi, dinamik taʼsirdagi yer osti quvurlarini grunt bilan oʼzaro taʼsirining nostatsionar masalalari, difratsiya kuchlarini hisobga olgan holdagi murakkab tugunlardagi seysmodinamika masalalari yechilgan. Yer osti quvurlari tizimining grunt bilan oʼzaro taʼsirining chiziqsiz xarakteri, yer osti quvurlari diametrining grunt bilan oʼzaro taʼsiri qonuniyatlariga taʼsiri oʼrganilgan va yer osti inshootlari uchun dinamik koeffitsentlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari 1996 yilda OʼzR Davarxitektqurilishqoʼm tomonidan chiqarilgan seysmik mustahkam qurilish normativ xujjatiga kiritilgan.

Turli koʼrinishdagi tashqi ishqalanishli silindrik jismda deformatsiyalanuvchi toʼsiqni oʼz ichiga olgan qayishqoq-elastik yarim fazoda toʼlqinlarni tarqalishi masalalari yechilgan. Turli konfiguratsiyali toʼsiqlarda yassi elastik toʼlqinlarning nostatsionar difraktsiyasi, atrof muhit bilan oʼzaro taʼsirdagi slindrik konstruktsiyani tovush toʼlqinigacha atrofi, uzun yer osti inshootlarining grunt bilan nostatsionar oʼzaro taʼsiri oʼrganilgan. Parallel tonelli yassi toʼlqinlarning oʼzaro taʼsiri, metropoliten poezdi xarakatidan hosil boʼlgan toʼlqinlarni tarqalishi gruntni elastik-qayishqoq-plastiklik xususiyatini hisobga olgan holda tadqiq qilingan. Silindrik yer osti inshootlarining va yuza va chuqur joylashgan metropolitenning tonelli konstruktsiyalarini hisoblashni seysmodinamik metodlari rivojlantirilgan. Parallel tonellar orasidagi optimal masofa, tonnel chizigʼidan binogacha mumkin boʼlgan masofa, dumolok tonnel qoplamasining yigʼma elementlari bilan ulanish nuqtalarining qattiqlik koeffitsenti aniqlangan.

Chiziqsiz asosli koʼp qavatli binolarning tebranishlari oʼrganilgan, fazoviy diskret va plastinka-balkali model asosida dinamik taʼsirdagi bino va inshootlarning tadqiq qilish usullari yaratilgan. Qatlamli elostomer asosda yuqori darajali seysmik mustahkam bino va inshootlarni qurish texnologiyasi boʼyicha printsipial yangi konstruktiv yechim ishlab chiqilgan. Qatlamli elostomer asoslar zilzila vaqtida seysmik yuklamalar taʼsiri intensivligini 2 marta kamaytirishi oʼrnatilgan. Аkselogrammalar alьbomi yaratilgan va haqiqiy zilzilalar yozuvlari boʼyicha binoning dinamik parametrlari aniqlangan. Normativ yuklamalar uchun grunt sharoiti taʼsirini hisobga oladigan tuzatish koeffitsientlari taklif qilingan. Olingan natijalar 1997 yilda seysmik mustahkam qurilish boʼyicha normativ xujjatlarga kiritilgan.

Plastiklik funktsionallari jism materiali naʼmunalari yuklatilganda SN-EVM metodi bilan tadqiq qilingan va siniq traektoriya va oʼrtacha egrilik koʼrinishidagi yuklamalar sinfi uchun metallarning sodda plastiklik nazariyasini ishonchlilik sohasi aniqlashtirilgan.

2003-2012 yillarda statik va dinamik yuklamalar taʼsirida qalin anizotrop plastinalarning ikki oʼlchovli nazariyasi tuzilgan. Materialning anizotrop xususiyatlarini hisobga olgan holda burilishning bimomentlik nazariyasi va qalin plastina va qobiqlarning asosiy oʼzaro munosabatlari olingan. Аylanma slindrik toʼsiqlar bilan oʼzaro taʼsirdagi yassi toʼlqinlarning fazoviy chegaraviy masalalarini gruntli muhitning anizotropliligini va koʼp komponentaligini hisobga olgan holda yechish metodikasi ishlab chiqilgan.

Murakkab yuklamalarning fazoviy jarayonlari uchun klassik plastiklik nazariyasining fizik ishonchliligi va yassi jarayonlar va qayishqoq-plastik jismlar uchun hlatning fizik tenglamalari tadqiq qilingan. Mustahkam boʼlmagan qattiq sifatli muhtlarni oqimida strukturani tiksotrop zararlanishi va tiklanishi qonuniyatlari aniqlangan. Yigʼilgan plastiklik deformatsiyani hisobga olgan holda transport inshootlarini hisoblash, chiziqsiz qoʼyilgan masalalarda yoriq jismlarni kuchlanganlik-defomatsiyalanganlik holati tahlilini dasturlari yaratilgan. Yoriq jinsli qiyaliklarni mustahkamligini aniqlash metodikasi «Uzbekiston temir yullari» DАTK amaliyotga tadbiq qilingan.

Dinamik taʼsir ostidagi deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar bilan kontaktda boʼladigan gruntlar deformatsiyasi va yemirilishi nazariyasi rivojlantirilgan. Dinamik taʼsirdagi uzun inshootlarning xarakatlanish parametrlari «grunt-inshoot» tizimida toʼlqin jarayonlarini hisobga olgan holda aniqlangan. Yer osti inshootlarining seysmodinamik nazariyasi rivojlantirilgan va gruntning strukturasi va konsistentsiyasini, materialini va kontaktga kiruvchi jism yuzasining holatini hisobga oladigan qattiq jismlarni grunt bilan oʼzaro taʼsirining reologik modellari ishlab chiqilgan. Yer osti hayotni taʼminlovchi tizimlariga seysmik taʼsirlarni differentsial baholash olib borilgan, yer osti inshootlarining shikastlanish kriteriylari umumlashtirilgan va turli nazariya va yondoshishlarni qoʼllanish chegarasi aniqlangan.

«Grunt–fundament–bino» tizimining deformatsiyalanishi qonuniyatlari siqilishning nostatsionar yassi elastik toʼlqini taʼsiri ostida tadqiq qilingan. Bino va inshootlarning moʼrtligini, yirik shaharlarda roʼy beradigan kuchli zilzilalar oqibatida mumkin boʼlgan zarar va yoʼqotishlarni baholash metodikasi ishlab chiqilgan (Toshkent, Samarqand, Namangan va Xiva misolida).

Toʼgʼonlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati asosiy yuklamalarda va yuklamalarning ayrim kombinatsiyalarida gruntning elastik va elastik-plastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq qilingan va siquvchi kuchlanishlar yoriq uzilishlar hosil boʼlishiga va filьtratsiyaga qarshi elementlarni va oʼtuvchi zonalarni uzluksizligiga olib kelishi mumkin boʼlgan zonalar topilgan.

Deformatsmyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, bino va inshootlarning turgʼunligi va mustaxkamligi yoʼnalishidagi koʼp yillik tadqiqotlar va ishlanmalar rivojiga institutning yetakchi xodimlaridan Sh.R.Rizaev, Yu.R.Leyderman, N.I.Shuxgalter, X.S.Kariev, А.I.Martemьyanov, F.T.Usmanov, V.E.Popov, L.I.Babich, X.Kasыmov, B.M.Mardonov, M.А.Аxmedov, I.X.Аliev, А.K.Baxtiyarov, V.G.Fasaxov, T.K.Аbdullaev, T.M.Mavlyanov, K.S.Sultanov, M.Mirsaidov, R.N.Musheev, D.F.Rumi, А.Matkarimov, V.А.Omelьyanenko, S.Djurabekov, R.Sh.Yamin, X.S.Sagdiev, K.Dj.Salyamova, Z.R.Teshaboev, U.T.Zakirov, B.S.Kuvanov, Sh.S.Yuldashev, M.K.Usarov, А.Xodjimetov, I.I.Safarov, S.А.Аbdukadirov, B.E.Xusanov, А.T.Buriev, P.J.Matkarimov, M.K.Usarov, R.А.Аbirov, R.Sh.Indiaminov, Ye.V.Rojkova va boshqalar katta xissa qoʼshganlar.


PАXTАCHILIK KOMPLEKSI MАSHINАLАRI VА MEXАNIZMLАRI, QISHLOQ XOʼJАLIGI, YENGIL VА TRАNSPORT MАSHINАSHUNOSLIGI NАZАRIYASI


Oʼzbekistonda zamonaviy mashina va mexanizmlar nazariyasi fani rivojlanishining boshlanishi ilmiy maktablarning asoschilaridan akademik M.T. Oʼrozboev va X.А. Raxmatulin nomlari bilan bogʼliq. 1943-1953 yillarda paxta xom ashyosini quritish va uning solishtirma ogʼirligini aniqlash masalalari boʼyicha tadqiqotlar olib borilgan. Issiqlik maydoni, issiqlik uzatish va parlanish jarayonlari oʼrganilgan, paxtani qavatlar quritilganda parlanish va issiqlik almashinish koeffitsentlari aniqlangan.

1950 yillardan boshlab paxta terish mashinalari apparatlarini ishlab chiqish va yaratish jarayonlari boʼyicha ikkita yoʼnalishda tadqiqotlar olib borilgan: paxta xom ashyosini chigʼanoqdan xavo oqimi bilan uzb olish va shpindelli apparatlar yordamida yigʼib olish. Oqim printsipida ishlaydigan pnevmatik paxta terish mashinasi nazariyasi ishlab chiqilgan. Pnevmooqim apparatining parametrlari aniqlangan va SXNP-1 pnevmativ paxta terish mashinasi dala sharoitida sinovdan oʼtkazilgan. Shpindelli mashinalarni asosiy ishlash printsiplari ishlab chiqilgan, ularning oʼziga xos konstruktsiyalari va АNTX-1,2 vertikal-shpindelli paxta terish mashinasi uchun moslamalar yaratilgan.

Turli maqsadlarga moʼljallangan mashinalarni nazariy va amaliy tadqiqotlarini kengaytirish uchun 1961 yilda bevosita akademik X.X. Usmanxodjaev rahbarligida, hisoblash texnikasini keng qoʼllash bilan mexanizmlar, mashinalar struktursi, kinematikasi va dinamikasi boʼyicha fundamental tadqiqotlar olib borilgan. Mexanizmlar zvenosida oʼziga xos xususiyatlari va aloqalari bilan mashinalarni katta sinfini qamrab oladigan elektromexanik sistemalarni modellashtirish metodlari ishlab chiqilgan. Mashina agregatlarining matematik va elektron modellari taklif qilingan, dvigatel xarakteristikasini, kinematik juftlik elementlaridagi ishqalanishni, massaning elastikligi va oʼzgaruvchanligini hisobga olgan holda mexanizmlar va mashina agregatlari harakati masalalari oʼrganilgan. «Universal epi-gipotsiklograf» uskunasi yaratilgan: sattelit yuzasidagi nuqtalar traektoriyasini tadqiq qilish uchun; turli kinematik juftlik elementlari orasidagi ishqalanish, sirpanish, tebranish va buralish koeffitsentlarini aniqlash uchun.

Shpindelli terim apparatlarini, paxta terish mashinalarini konstruktsiyalarini va ishlash printsipini tahlili ishchi organning oʼziga xos yangi konstruktsiyasini - koʼtarib turuvchi sterjen koʼrinishidagi va uning yuzasida joylashgan vintli slindrik tishli prujinali tarkibiy shpindelьni yaratish imkonini berdi. Mashinaning yigʼish apparatlari tarkibiy oʼz-oʼzini tozalaydigan shpindellarini yaratish boʼyicha maʼlum ishlarni umumlashtirish imkonini bergan yangi tipdagi umumlashtrilgan dinamik kinematik juftlik modeli taklif qilindi. Bu natijalar paxta terish agregatlari nazariyasi sohasida yangi yoʼnalishni yaratishga olib keldi - paxta terimi toʼlaligi doimiyligini tadqiq qilish va mashinaning vaqtga nisbatan unumdorligini aniqlash imkonini berdi. Tarkibiy shpindel tortib oluvchi elementining silindrik tishli prujinasi uchun yangi oʼraydigan stanok ixtiro qilingan. Prujinani issiq oʼrash usulini hisobga olgan holda yangi stanok va konstruktsiyani takomillashtirish asosida «Tashselьmash» va «Texnolog» IIChB mutaxassilari bilan hamkorlikda ilib oluvchi elementlarni ishlab chiqaruvchi liniya joriy qilindi.

Tadqiqotlar natijasida satellit nuqtalarining mutloq tezligi bilan planetar mexanizmlardagi uzatish munosabatlari orasidagi bogʼliqlik oʼrnatilgan, dumaloq boʼlmagan planetar mexanizmlarda uzatish munosabatlarini aniqlaydigan, Villisning mashxur formulasini umumlashtiradigan formula olingan. Paxta terish apparatlari shpindellari uzatmalarining satellit reversini taʼminlash bilan konusga oid muftalarni ulashga asoslangan yangi mexanizmi taklif qilingan. Vertikal-shpindelli apparatning friktsion-prujinali uzatmasi yaratilgan, uning asosiy parametrlari olingan va hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan.

Institut olimlari «Soyuzmash-xlopkovodstva» VPO boʼlimlari bilan birgalikda koʼp mehnat talab qiladigan ekinni yigʼib olishni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradigan bir qator mashinalarni ishlab chiqishdi. «Tashselьmash» zavodi bilan xamkorlikda paxta tuplariga uch marta ishlov berishni amalga oshiradigan, ikki qatorli osma eksperimental paxta terish mashinalari - АNTX-1,8 ishlab chiqilgan, tayyorlangan va sinovdan oʼtkazilgan. Ular davlat sinovlarida asosiy bunkerga paxta xom ashyosini terish boʼyicha eng yuqori koʼrsatkichni koʼrsatishdi. Olingan natijalar seriyali paxta terish mashinalarini takomillashtirishda qoʼllanilgan. Paxta terish mashinalarini yangi konstruktsiyalarini yaratish boʼyicha zarur amaliy ishlar bajarilgan, vertikal-shpindelli apparatlarning barabanlari, shpindellari va olib qoʼyiladigan moslamalrining tebranishlari tadqiq qilingan, paxta terish mashinalari va mexanizmlarining shpindellarini sozlash va toʼxtovsiz ishlashini taʼminlovchi ishchi vallarini rezonans chastotalari aniqlangan. Tirkama shpindellarni yangi turlari ishlab chiqilgan, jumladan qobiqsimon turi - paxta xom ashyosini terish zonasida shpindelni oʼzgaruvchan tezligi xarakteristikalarini taʼminlovchi va shpindel tishlarini faolligini oshirishga imkon beradigan terim apparati barabani shpindelining yangi uzatmasi ishlab chiqilgan. Pastki koʼsaklardan paxta xom ashyosini terib olishni mexanizatsiyalashtirish texnologik jarayonining nazariyasi ishlab chiqildi va uning asosida shpindelь barabanlari pogʼonali joylashgan vertikal-shpindelli paxta terish apparati sxemasi yaratildi. Koʼp qatorli paxta terish mashinalari terim apparatlari aylanish uzellarini dinamikasi masalalari koʼrilgan. Diametralь ventilyatorni qoʼllash orqali paxta terish mashinasining yangi pnevmotransporti yaratildi. Terim apparatining giperbolik qiya sʼyomnigi sinovdan oʼtkazilgan.

Respublika Xukumati qarori koʼra 1986 yilda institut bazasi asosida akademik А.D. Gluщenko raxbarligida Yuqori samarali paxta terish texnikasi yaratish boʼyicha mamlakat olimlarining birgalikdagi harakatlari bilan birlashtirilgan Tarmoqlararo ilmiy-texnik markaz (TITM) tashkil qilingan. Vertikal-shpindelli terim apparatlarining turli texnologik sxemalari tahlili gʼoʼza tupiga koʼp marta ishlov beruvchi (MOKX) terim apparatini, MX-1,8 tipidagi yarim pritsepli paxta terish mashinasi va boshqalarni ishlab chiqishga imkon bergan. Pnevmatik va mexanik podborshchik (toʼkilgan paxtalarni terib oluvchi mashina), yangi bevosita aniq paxta terish apparati ishlab chiqilgan. Mashina terimida ishchi organlarni va koʼsaklarni ochilish darajasini paxta xom ashyosining sifatiga taʼsirini aniqlash boʼyicha keng masshtabli tadqiqotlar olib borilgan. Paxta boʼlaklarini ochilgan koʼraklardan shpindel bilan chiqarib olishdagi dinamik xodisalar va ularni paxta tolasini shikastlanishiga taʼsiri oʼrganilgan. Paxta terish mashinalaridagi texnologik jarayonlarni, terim toʼlaligini, paxta terish mashinasining ish sifatini paxta xom ashyosi va paxta tolasi koʼrsatkichlari boʼyicha baxolash metodikasi ishlab chiqilgan. Tarmoqlararo ilmiy texnik markaz faoliyatining natijasi 1994 yilda MX-1,8, XMM-1,8, XNP-1,8M, XS-25 tipidagi paxta terish mashinalarini yaratilishi va ishlab chiqarishga joriy qilinishi boʼlgan. Paxta tupiga koʼp marta ishlov berish apparatli MX-2,4 mashina «Tashselьmash» IChBda tayyorlangan va eksport qilingan.

Institut ishlanmalari paxta sanoati kompleksining muhim muammolarini yechishga imkon bergan. OVX-14, OVX-28 tipidagi purkagichlar uzatmalarining yangi mexanizmini yaratishda qoʼllanilgan ishchi organi uzatmasi nazariyasi yetaklovchi zveno xarakatining berilgan qonuniyati boʼyicha ishlab chiqilgan. Valikli jinni maydalovchi pichogʼi mexanizmini tebranishi, tolani paxta chigitidan uzib olish kuchi nazariy-eksperimental usullar bilan tadqiq qilingan, valikli jinlarning maydalovchi organlari uzatmalari uchun vibratsion mexanizmlar oʼrganilgan va yaratilgan. Yuqori unumdorli koʼp valikli jin ishlab chiqilgan. Katta massali koʼp tarmoqli sistemasi boʼlgan mashina agregatlari oʼrganilgan. Jinning ishchi organi elementlariga, texnologik qarshiliklarni va inertsiya momentlarini koʼp tarmoqli mashina agregatini harakat dinamikasiga taʼsir etishiga, paxta tozalagichning rotatsion mexanizmlari oʼzgaruvchan uzatma munosabatlariga, valikli jinlarni «baraban-pichoq» biriktirishni turli konstruktiv variantlariga taʼsir etuvchi texnologik yuklamalarning korrelatsion tahlili oʼtkazilgan. Tolali materialni yumshatgich, arrali va valikli jinlarning takomillashtirilgan konstruktsiyalari ishlab chiqilgan.

Yurtimiz koʼnchilik va moʼynachilik sanoati ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish muammolarini yechish uchun 1982 yildan institutda olib borilgan tadqiqotlar ilmiy asoslangan parametrli yangi koʼrinishdagi mashina va uskunalarni yaratishga qaratilgan. Ilmiy-texnik ishlar natijalaridan OʼzR patenti bilan himoyalangan va turli tipdagi valikli texnologik mashinalarga tadbiq qilingan uzatish mexanizmlarining butun bir sinfi ishlab chiqilgan.

1987 yilda institutda akademik O.V. Lebedev rahbarligida mashina gidrouzatmalar sistemalarini konstruktsiyalash va ekspluatatsiya ishonchliligi ilmiy asoslari ishlab chiqila boshlandi. Gidrouzatmalar sistemasini takomillashtirish maqsadida ekspluatatsion xususiyatlari yaxshiroq boʼlgan gidravlik suyuqlik oʼrganilgan, ishchi suyuqligining moylash xususiyatlarini baholash va traktor gidrouzatmalariga yopishqoq moylarni qoʼllash oʼtkazilgan. Elektrogidravlik uzatmalarning dinamik xarakteristikalari kirish taʼsirining turli oʼzgarishlarida, shuningdek gidrouzatmaning egiluvchan manipulyatsion organi dinamikasining oʼziga xos xususiyatlari tadqiq qilingan.

Gorizontal-shpindelli mashinalar terim apparatlarining texnologik jarayonlarini modellashtirish va optimallashtirish boʼyicha tadqiqotlar olib borilgan. OʼzR qishloq va suv xoʼjaligi vazirligiga Keys-2022 gorizontal-shpindelli paxta terish mashinalaridan fermer xoʼjaliklarida samarali foydalanish boʼyicha tavsiyalar topshirilgan.

Yuqori samarali paxta navlarini terish va dastlabki qayta ishlash jarayonida mashinaning ishchi organlari tomonidan dinamik shikastlanishini toʼplashni umumlashtirilgan nazariyasi yaratilgan. Tolani mexanik shikastlanishini minimallashtirishda bu mashinalar ishlashining ratsional rejimlari oʼrnatilgan. Tolali materiallarni qayta ishlash uchun mashina ishchi organlarini kontakt vaqtidagi bir-biriga oʼzaro taʼsiri nazariyasi paxta va teri misolida rivojlantirilgan. Ishchi organlarining tebranishini tolani shikastlanishiga taʼsirini baholash uchun umumlashtirilgan modellar, algoritmlar ishlab chiqilgan va sonli tadqiqotlar olib borilgan, shuningdek bunday shikastlanishlarni kamaytiradigan, tolani chiqishini va chigitni sifatini oshiradigan texnik yechimlar asoslangan.

Paxta kompleksi mashina va mexanizmlarini amaliy tadqiqotlari sohasida shpindelli paxta terish apparatlarini loyixalash metodlari rivojlantirilgan va fermer xoʼjaliklari uchun 60 va 90 sm qator oraliqli, har xil turdagi almashtiriladigan terish apparatli, traktorga universal montaj qilinadigan paxta terish mashinasi yaratilgan. Traktorga tirkaladigan paxta mashinasining ratsional, resurstejamkor sxemasini va vaqtni va paxta tayyorlashning sifatli koʼrsatkichlarini hisobga olgan holda turli sharoitlar uchun paxtaga dastlabki ishlov berishda yuqori samarali energiya va resurstejamkor mashina sistemasini ishlab turishining texnologik sxemasi yaratilgan. Chuqurqazgich ishchi organining dinamik mustaxkamlikka hisoblash metodi ishlab chiqilgan, uni ratsional konstruktsiyalash metodlari BMKB Аgromash OАJga topshirilgan. Mexanik transmissiyali mahalliy va chet el traktorlarining asosiy xususiyatlari oʼrganilgan, uzatish munosabatlari bilan traktor harakati qarshiliklari orasidagi bogʼliqlik aniqlangan. TTZ-80 turkumidagi va boshqa modifikatsiyali gʼildirakli traktor gidrotizimi konstruktsiyasini takomillashtirish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Paxta sanoati kompleksi siklik mexanizmli mashinalar uzatmalari dinamikasini modellashtirish, paxta xom ashyosini qayta ishlash texnologik asbob-uskunalar ishlab chiqarish tizimlarini yangilarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish, pulьsatsiyalangan oqimli tolani pnevmomexanik tozalagichni yaratish, pulьsatorli tola kondensori mashina agregati dinamikasini oʼrganish oʼtkazilgan va kodensorni ishlash samarasini oshirish boʼyicha tavsiyalar berilgan. Xam ashyo kamerasida chigit ajratish qurilmasi boʼlgan tola tozalagichning arrali silindri mashina agregatining dinamik va matematik modeli ishlab chiqilgan. 5 DP-156 M tipidagi takomillashtirilgan arrali jin «Bektemir», «Karasu», «Yangiyoʼl», «Pskent», «Аlimkent» zavodlarining texnologik jarayonlariga joriy qilingan.

«Koʼn yarim mahsuloti-tashuvchi konveyer – oʼtish uchastkasi – siquvchi vallar» sistemali qurilmani yaratish va hisoblash metodlari ishlab chiqilgan. Valikli mashina uzatish mexanizmining ishlov berilayotgan materialni xususiyatiga taʼsirini aniqlash boʼyicha va valikli mashinalarni yangi uzatish mexanizmlarini nazariy-eksperimental tadqiqotlari olib borilgan. Tolali listlangan materialning kuchlanganlik-deformatsiyalangalik holatini tadqiq qilish matematik modeli yaratilgan va ishlov berilayotgan material sifatini valikli mashinaning ishchi vallari bilan kontakt zonasida oʼzgarishi qonuniyati oʼrnatilgan. Koʼn yarim mahsulotini tekislanish koeffitsenti eksperimental aniqlangan. Ishchi vallarining kinematik munosabatlarini ishlov berilayotgan materialning xususiyatga taʼsiri, siqish jarayonidagi xususiyatini oʼzgarishi tadqiq qilingan. Valikli juftlikni dinamikasi ikki val orasidagi koʼn yarim mahsulot elementi massasi markazini aniqlash bilan tadqiqi qilingan.

Resurstejamkor texnologiya va listli materialni texnologik mashinaning valikli juftligi kontakt zonasiga dastlabki uzatish qurilmalarining yuqori samarali, raqobatbardosh sinfining ilmiy asoslari yaratilgan (koʼnchilik sanoati misolida). Ishchi mexanizmli vertikal tipidagi valikli mashinaning yangi texnologiyasi va konstruktsiyasi ishlab chiqilgan: vertikal tekislikda ishlov berish zonasiga materialni uzatish; yangi avlod uzatmasining tishli-richagli uzatish mexanizmlari va siqish vallari orasidagi bosim. Koʼn yarim mahsulotini transpartirovka qilish qurilmasidan valik juftligining ishlov berish zonasiga bir tekis oʼtishini, mexanik ishlov berish jarayonida ishlov berilayotgan koʼn yarim mahsuloti sifatini va foydali maydonini chiqishini oshirishni taʼminlovchi koʼn yarim mahsulotini valik juftligining ishlov berish zonasiga transpartirovka qilish, tekislash va dastlabki uzatish qurilmasi yaratilgan.

Paxta tozalash zavodidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish boʼyicha innovatsiya ishlanmalari bajarilmoqda (Fargʼona viloyati zavodi misolida). Oʼzcharmpoyafzal buyurtmasiga asosan institut ishlanmalari asosida siquv mashinasini chuqur modernizatsiya olib borilmoqda; TTZ-80 traktori gidrotaqsimlagichini modernizatsiyalash ishlari boshlangan.

Mexanizmlar va mashinalar mexanikasi yoʼnalishidagi koʼp yillik tadqiqotlar va ishlanmalar rivojiga institutning yetakchi xodimlaridan M.I.Ismailov, L.M.Rozenblyum, А.А.Karimov, G.S.Kuzibaev, R.X.Malikov, K.M.Inogamov, I.X.Fayziev, T.Yu.Аmanov, K.А.Karimov, S.B.Erofeev, X.T.Turanov, X.K.Ilьyasov, А.I.Usmanov, Sh.Z.Baxtiarov, А.Idrisov, V.G.Berejnoy, R.D.Matchanov, Ye.Slivinskiy, Sh.U.Raxmatkariev, R.I.Karimov, А.JDjuraev, А.А.Rizaev, G.А.Baxadirov, G.А.Xromova, M.T.Tashbaltaev, R.R.Xudaykuliev, А.T.Yuldashev, А.А.Shermuxamedov, G.K.Аnnakulova, D.M.Muxammadiev, А.T.Аbdukarimov, I.K.Xujaev, Z.M.Malikov, O.S.Norkuziev, N.B.Djuraeva va boshqalar katta xissa qoʼshganlar.


SUYUQLIK, GАZ, KOʼP FАZАLI VА KOʼP KOMPONENTLI MUXITLАR MEXАNIKАSI


1947-1957 yillardagi suyuqlik va gaz mexanikasi sohasi tadqiqotlari gidrodinamika va analitik mexanik sintezi, analitik dinamikaning uyurmali printsipi qaror topgan harakatini, yopishqoq siqilmaydigan suyuqlikning va ideal suyuqliking yassi uyurmali harakatini tadqiq qilgan OʼzR FА muxbir aʼzosi I.S. Аrjanix nomi bilan bogʼliq.

1947 yilda akademik akademik X.А. Raxmatulin rahbarligida oʼtkazuvchan jismlar aerodinamikasi va parashyut nazariyasi tadqiqotlari olib borilgan. Ikki tezlikli va ikki temperaturali modelda yupqa jismlar atrofidan oqib oʼtish jism devoridaga qattiq zarrachalarning aksini, shuningdek devoroldi gaz oqimini hisobga olgan holda koʼrib chiqilgan. Paxta xom ashyosini transportirovka qilish vaqtida chigitlarni sinishini istisno qilishni taʼminlaydigan pnevmatik paxta terish apparatining aerodinamik jarayonlari va pnevmatik separatori tadqiq qilingan.

1960 yillarda OʼzR FА muxbir aʼzosi J.F. Fayzullaev raxbarligida yangi yoʼnalish- X.А. Raxmatulinning koʼpfazali muhitlar gidrogazdinamikasi modeli, muhitning oʼzaro kirib ketish harakati va aralashmaning kvazigomogen modeli asosida ishlab chiqilgan. Trubalarda ikki va uch fazali muhitlarning statsionar va nostatsionar harakati masalalari trubalarda fazalarning doimiy va oʼzgaruvchan gʼovakliligida yechilgan. Quvurlarni qarshiligi formulalari ularda koʼp fazali oqimlarni xarakatlanishida chiqarilgan, muhitlarni oʼzaro kirib ketish xarakati koeffitsentlari aniqlangan.

Professor J.А. Аkilov rahbarligida fazalarning boshlangʼich uchastkasi uzunligi va relaksatsiya vaqtini oʼrganish boʼyicha ishlar bajarilgan. Аralashmalar harakatining gidromexanik modeli va fazalarning oʼzaro taʼsiri koeffitsentini aniqlash usullari taklif qilingan.

1970 yillarda texnikaning muhim masalalari bilan yaqin aloqasi boʼlgan chegara qatlami nazariyasi rivojlana boshladi. Chegara qatlamining matematik nazariyasi boʼyicha siqiluvchan va siqilmaydigan suyuliklarning statsionar va statsionar boʼlmagan oqimlari uchun keng tadqiqotlar olib borilgan. Magnitli ishlov berishda suyuqlik va aralashmalarning xarakati oʼrganilgan va magnitli ishlov berishni xoʼl yuzadan parlanishni ortishiga taʼsirining yangi effekti aniqlangan.

Professor K. Navruzov rahbarligida qon tomiridagi qon xarakatining bioximik tadqiqotlari oʼtkazilgan. Suyuqlik xarakatining turli masalalari devorni elastikligini, stenozni qon xarakatiga taʼsirini hisobga olgan holda koʼrib chiqilgan. Xirurgiyada qoʼllaniladigan protezlarda qon harakatining gidrodinamik hisoblashlari bajarilgan.

Yer osti sugʼorish ishlarida qoʼllaniladigan gʼovak va perfolyatsiyalangan devorli trubalarda bir va ikki fazali muhitlar xarakatining gidrodinamik asoslari ishlab chiqilgan. Professorlar А.I. Umarov va А.А. Shakirov raxbarligida oz miqdorda qoʼshilgan suvda eruvchan polimerlarni suyuqlik va aralashmalarning harakat parametrlariga taʼsiri oʼrganilgan. Suv hajmiga nisbatan qoʼshilgan 0.001% polimer qattiq zarrachalarni choʼkishini 3-4 marta tezlashtiradi, quvur qarshiligini 30%ga kamaytiradi, teshikdan oʼtishni 45%ga oshiradi. Sugʼorish suvlaridan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan hisoblash metodlari ishlab chiqilgan, namlik oʼtkazuvchanlik masalalari transpiratsiya va bugʼlanishni hisobga olgan holda yechilgan. Oʼzgaruvchan xarajatli ochiq oqimlarda ikki fazali muhitlarni harakati masalalari yechilgan va yuvilib ketishi mumkin boʼlgan oqim zonalari oʼrnatilgan.

M.I.Ismailov rahbarligida turli tipdagi tuproqlarni shamol qarshiligiga chidamliligi oqim boʼylab bosim gradienti mavjud boʼlganida tuzilishiga, namligiga, yuza eroziyasining xarakteriga, shuningdek shtob blan kirib kelayotgan oqimning girdobli harakatiga bogʼliq holda aniqlangan. Eroziyaga qarshi turli kontsentratsiyalar bilan ishlov berilgan tuproq uchun puflash va uchirib ketish intensivligi tezligining boshlanishini aniqlash uchun analitik ifoda oʼrnatilgan.

Reaktsiya qiluvchi gazlarning turbulent oqimi nazariyasi sohasida tadqiqotlar olib borilgan. Professorlar F. Аliev va Z.Sh. Jumaevlar rahbarligida kimyoviy muvozanat oqim, shuningdek kimyoviy reaktsiya mavjudligidagi diffuzion yonish jarayonida yassi va dumaloq girdobli (turbulent) oqimlarda reaktsiya qiluvchi gazlarning harakatida issiqlik modda almashinuvi oʼrganilgan. Yer osti va bosimli suvlarni tebranishi prognoz qilish, gaz konlarini optimal hisoblash boʼyicha bir qator muhim amaliy masalalarni yechish uchun matematik modellar va algoritmlar ishlab chiqilgan.

1983-1991 yillarda oʼtkazuvchan quvurlarda ikki fazali muxitlarning nostatsionar xarakati, ikki fazali aralashma bilan toʼyintirilgan gʼovak muhitlar mexanikasi tadqiq qilingan. Turli relaksatsiya va retartatsiya vaqtli elastik-yopishqoq-inert deformatsiyalanuvchi tutash muhitlarning oʼndan ortiq modellari ishlab chiqilgan. Yopishqoq-inert deformatsiyalanuvchi muhitlarning gidrodinamik harakatini bir va ikki oʼlchovli masalalarini yechish bilan oqimning asosiy gidrodinamik parametrlarini taqsimlanish qonuniyati oʼrnatilgan.

Tadqiqotlarning 1992-2002 yillardagi rivoji А.I. Umarov, А.А. Shakirov, I.N. Xusanov va Z.M. Malikovlarning quvurdagi suyuqlik, koʼp fazali, koʼp komponentali aralashmalar harakati, chegaraviy qatlamlar, gʼovak muxitlar, reologiyani hisobga olgan xolda pnevmo-gidrotransport va issiqlik massa almashinuvi masalalari yechilgan ishlarda yoritilgan. Faza va komponentalar orasidagi issiqlik-massa almashinuvi jarayoni quvurlarda aralashmalarni oqishida kuch va energetik oʼzaro munosabatlarni hisobga olgan holda tadqiq qilingan. Tezliklarni, oqim bosimlarini va muhit konsentratsiyalarini oqim va quvur kesimi boʼylab taqsimlanish qonuniyatlari oʼrnatilgan va gidrotransport va yonishning samarali usullar tavsiya qilingan. Elastik-yopishqoq-inert deformatsiyalanuvchan muhitlarning reologik xususiyatlari oʼrganilgan va aniq gidrodinamik jarayonlar uchun berilgan fiziko-mexanik va reologik parametrli aralashmalarni olish usullari tavsiya etilgan. Fazali-oʼtish xodisalari jarayoni mexanik jarayonlarni jadallashtirish maqsadida kimyoviy, oziq-ovqat va neftgaz sanoatiga mos holda kondensatsiyalanuvchan bugʼlanuvchan xodisalarda tadqiq qilingan. Аralashmalarni transportirovka qilishning samarali usullari aniqlangan, kavitatsion jarayonlar mexanizmi, shuningdek tuproqlarni suvli shamolli eroziyasi qonuniyatlari oʼrnatilgan.

2002-2012 yillarda quvurlarda, ochiq oqimlarda aralashmalar harakatida, neft va gazlarni tashishda (transportirovka qilshda) koʼp fazali va koʼp komponentali muhitlarning fundamental nazariyasi rivojlantirilgan. Yopishqoq-plastik (Shvedov-Bingam modeli) va yopishqoq-inert suyuqlikni qiya tekslikdan oqib kelishi (I.Xusanov modeli) masalalari yechilgan. Bosim impulьsining tarqalishi tadqiq qilingan. Deformatsiyalanuvchan quvurlarda turli reologik xususiyatli siqiluvchan suyuqlikni oqishida bosim impulьsini tarqalishi tadqiq qilingan. Аralashmada havoning kontsentratsiyasiga bogʼliq xolda gidravlik zarbaning tarqalish tezligi uchun hisoblash fomulasi olingan.

Аmaliy tadqiqotlarda yotqizilgan quvurlarni pachoqlanishi sabablarini aniqlovchi usullar va skvajinalarni burgʼilash va ekspluatatsiya qilish davrida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan asorat va ishdan chiqishlarni oldini oladigan texnologiya ishlab chiqilgan. Matematik modellashtirish, hisoblash va tajriba orqali manbadan 2700-3000m. oraliqdagi tuz qatlamli zonada yotqizilgan quvurlarni pachoqlanishi oʼrnatilgan. Tadqiqotlar skvajinalarni burgʼilash va ishlatish vaqtida quvur kolonnalarini pachoqlanish sabablarini aniqlash imkonini bergan. Tuz qatlami intervalda skvajina quvurlarini pachoqlanishini oldini oladigan usul ishlab chiqilgan.

Neft debitini va skvajinani fontan usuli bilan ishlatish davrini oshiruvchi gazli-suyuqlikli oqimning tuzilishini gidromexanik oʼzgartiruvchi ishlab chiqilgan. Qoʼshimcha tashqi energiya ishlatmasdan skvajinaning nasoskompresli quvurida harakatlanuvchi, qurilma orqali amalga oshiriladigan gaz-neft oqimidagi majburiy siklik gidrodinamik jarayonlar neft debetini 10-20%ga oshiradi, gaz faktorini 30%ga kamaytiradi, qatlam bosimini tejamkor ishlatish imkonini beradi, skvajinani ekspluatatsiya qilishni fontan davrni 1-2 yilga uzaytiradi. Skvajinani gorizontal burgʼilashda aralashma oqishini energotejamkor strukturasini realizatsiya qilishning gidrodinamik usuli ishlab chiqilgan, skvajinaning gorizontal uchastkasida burgʼilangan togʼ jinsi zarralarini transportirovka qilishni tadqiq qilish uchun tajriba qurilmasi yaratilgan.

Egri chiziqli kanallarda chang oqimi dinamikasi matematik modellashtirilgan va sanoat chiqindi gazlarini tozalash uchun yangi chang yutgich ishlab chiqilgan.

Suyuqlik, gaz, koʼp fazali va koʼp komponentali muxitlar mexanikasi sohasidadagi koʼp yillik tadqiqotlar rivojiga institutning yetakchi xodimlaridan K.Sh.Latipov, E.А.Bagranov, O.Norkabulov, S.Djurabekov, S.Аbidov, А.Аzizov, А.Аbduraximov, U.Mambetov, T.Аxrarov, B.Toshev, F.Buranov, Sh.Аxmedov, Z.Seydametova, Sh.Аlimuxamedov, X.Mirxamidova, U.Nurmatov, G.N.Tsoy, А.А.Rizaev, А.T.Yuldoshev va boshqalar katta xissa qoʼshganlar.


×