Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Jurnal haqida

"Mexanika muammolari" O‘zbekiston jurnali haqida

"Mexanika muammolari" Oʼzbekiston jurnalining taʼsis etuvchisi Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Jurnal 1992-yildan beri chop etiladi, 2006-yil Oʼzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligidan qayta roʼyxatdan oʼtkazilgan(sertifikat №0050, ISSN 2010-7250).

Jurnalda umumiy mexanika, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, suyuqliklar, plazmalar va gazlar mexanikasi, gruntlar mexanikasi va mexanikaning turli sohalarda(qurilish, suv muammolari, yengil sanoat mexanikasi, qishloq xoʼjaligi mashinalari, avtotransport, temir yoʼl sohalarida) qoʼllanilishi, sanoat korxonalarining mexanika boʼyicha maqolalari anʼanaviy nashr etiladi.

Nashr tili: Oʼzbek, Rus va Ingliz tillari.

Jurnalning maqsadi – ilm-fan rivojiga yordam berish uchun, mexanika va uning tadbiqi sohasidagi yangiliklarni, tadqiqotlar natijalarini, yutuqlarini va yangi gʼoyalarini ilmiy xodimlarga, mutaxassislar, magistrlar, doktorantlar, fan va texnika sohasida oʼzaro bogʼlangan mutaxassislarga yetkazishdan iboratdir.

Аsosiy vazifasi:

- Mexanika va uning tadbiqi sohasidagi yurtimiz va xorijiy olimlarning ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy va eksperimental faoliyati natijalarini aks ettirish;
- Oliy taʼlim professor-oʼqituvchilar, ITI va ishlab chiqarish xodimlarini tadqiqotlar natijalari balan tanishtirish;
- Ilmiy tashkiliy muhit tashkil etish va Oʼzbekiston fani asosiy yutuqlarini targʼib etish;
- Fanda dunyoning yaqin va uzoq xorijiy davlatlari hamkasblari orasida mavaffaqiyatlar va tajribalar almashish;
- Yuqori darajadagi mutaxassis hisoblanuvchi, obroʼ qozongan mualliflarni jurnalda maqola chop etishga jalb qilish;
- Rossiya va horijiy mashhur mutaxassislarni jalb qilib taxririyatni va retsenzentlar guruhini kengaytirish;
- Halqaro maʼlumotlar bazasiga qoʼshish;
- Oʼzbekistonda va xorijda jurnalning hammabop va ochiqligi oshirish.

Ixtisosligi:

Jurnalda mexanika va uning tatbiqi soxasidagi maqolalar nashr etiladi.

Jurnalning oʼziga xosligi.

Jurnal umumiy mexanika, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, suyuqliklar, plazmalar va gazlar mexanikasi, gruntlar mexanikasi va mexanikaning turli sohalarda(qurilish, suv muammolari, engil sanoat mexanikasi, qishloq xoʼjaligi mashinalari, avtotransport, temir yol sohalarida) qoʼllanilishidagi hamma asosiy yoʼnalish tadqiqotlarini qamrab oladi. Texnogen va tabiiy xarakterdagi favqulodda holatlarda xavfni kamaytirish, baholash boʼyicha tavsiyanomalar (suv toshqini, yongʼin, zilzila va boshqa). Maxsus sonlarida jurnalning tematikasi boʼyicha alohida ilmiy-texnik muammolarga bagʼishlangan, jumladan xalqaro konferentsiya, simpozium va seminarlar materiallari chop etiladi. Аlohida rubrika ostida yosh olimlarning maqolalari, ilmiy axborotlar, mexanika yangiliklari(xronika) chop etiladi. Jurnal texnika va fizika-matematika fanlari boʼyicha ilmiy daraja olish uchun tadqiqotchilarning maqolalari chop etiladigan mexanika sohasidagi Oʼzbekistonning asosiy ilmiy nashri hisoblanadi.

Jurnal Oʼzbekiston Respublikasining barcha regionlari boʼyicha tarqatiladi. Mablagʼ bilan taʼminlaganligi – jurnal oʼz oʼzini qoplash hisobiga ishlaydi.

 

Bosh muharrir

Sultanov Karim Sultanovich
Texnika fanlari doktori, professor

(71) 262 71 32

 

 

 

 

 


 


×