Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Akademiklar

Oʼrazboev Muxammad Toshevich

1956 yildan boshlab OʼzR FА akademigi, qolaversa Аrxitektura va qurilish akademiyasi akademigi, Rossiya va Oʼzbekistonning Davlat mukofoti sovrindori, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi, atoqli muhandis. M.T.Oʼrozboev respublikada mintaqaning dolzarb muammolari bilan bogʼliq umumiy mexanika, gaz va suyuqliklar mexanikasi, qattiq jismlar mexanikasi, bino va inshootlar mustahkamligi, mashina va mexanizmlar mexanikasi, hisoblash mexanikasi yoʼnalishi boʼyicha qator ilmiy maktablar tashkil etdi va rivojlanishiga hissa qoʼshdi. U meʼyoriy ishlanmalar va reglamentga asoslangan hujjatlar, konstuktsiyalar mustahkamligini baholash, paxta terish mashinalari va mexanizmlari nazariyasi, bino va inshootlar seysmik mustahkamiligi dinamik nazariyasi, qobiqni ikki tomonlama egilishini hisoblash nazariyasi, tola deformatsiyasining ogʼirliq mexanikasi, gruntli toʼgʼonlar filtratsiyasi masalalarini echishning gidrodinamik uslublari va matematik asoslari, ingichka sterjenni eshish va egilish nazariyasi sohalarida eng muhim natijalarni olgan. U birinchilardan boʼlib harakatning turli davlarida tolaning ishqalanishini oʼzgarish qonunini tahlil qildi (mexanizmlarning elastiklik zvenosi), inshootlarni takrorlanuvchi seysmik impulslarini harakatlarini tadqiq qildi va gidroelastiklik tizimlar seysmik mustahkamligining dinamik nazariyasini shakllantirdi.


Raxmatulin Xalil Аxmedovich

1947 yildan boshlab OʼzR FА akademigi, atoqli muhandis, Rossiya va Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi, Davlat mukofoti sovrindori. Raxmatulin Xalil Аxmedovich Oʼzbekistonda mexaniklar maktabini yaratdi va egiluvchan-plastik toʼlqinlar tarqalishi nazariyasi, gaz tarqalishida zarba toʼlqini difraktsiyasi, jism oʼtkazuvchanligi aerodinamikasi va parashyut nazariyasi, gruntlar dinamikasi, koʼp komponentli muhitlar harakati va boshqa sohalarda fundamental natijalarni olgan. U plastik deformatsiya jarayonida bir-biriga bogʼliq takrorlanmas oʼziga xos toʼlqinlarning yuksizlanishini kashf qildi. Bu toʼqinlar adabiyotlarda “Raxmatulin toʼlqinlari” deb nomlanadi. Uning zamonaviy parashyut tuzilishining nazariy asoslarini takomillashtirishda parashyut tizimi turli vazifalarini ekspluatatsion sifatlari rivojlanishida, shu jumladan kosmik texnikada hissasi juda katta boʼlgan. U mudofa uchun keng qoʼllaniladigan havoni toʼsish aerostat troslarini hisoblashda koʼndalang zarba nazariyasidan foydalandi. U koʼp fazali muhitlar harakatining bir-biriga oʼtishi nazariyasini asos qilib oldi. U ikki fazoli aralashmani chegara qatlami nazariyasi asosida toʼlqinlarni tarqalish qonuni asoslarini tahlil qildi, siqilgan fazalarni bir nechta aralashmalari harakatining tutash tenglamalar sistemasini birinchilardan boʼlib oldi. Suyuq va qattiq zarralarni tarkibiga oluvchi tovush tezligidan yuqori gaz oqimini masalasini echish birinchilardan boʼlib qoʼyilgan edi.


Qobulov Vosil Qobulovich

1966 yildan boshlab OʼzR FА ning akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi, Oʼzbekiston davlat mukofoti sovrindori. V.Q.Qobulov sterjenlar va qobiqlar nazariyasini aniqlash va hisoblash usullarini rivojlantirgan, chegaralangan sterjenlarning boʼylama, burama va koʼndalang tebranishida plastik toʼlqinlar fronti tarqalishini va yuksizlanishini ifodalovchi algoritmini ishlab chiqqan, kesimi yumaloq boʼlmagan sterjenlar, baland ustunlar va silindrik qobiqlarni burama masalalarini echgan. U elastik hamda plastik plitalarning toʼlqinlar va qalinligi radiusiga nisbatan keng diapazonada boʼlgan qobiqlarning nazariyasini yaratgan. Bino va inshootlarni zilzilabardoshligini dinamik nazariyasi masalalari, tebranishlarning yuqori shaklining taʼsiri, zilzila taʼsirida ichki ishqalanishni taʼsiri masalalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Kibernetikada asosiy muammolarni va algoritmlash nazariyasini yaratgan, deformatsiyalanadigan qattiq jismlar mexanikasini fazoviy masalalarida, qurilish mexanikasida, maʼlumotlarni ramziy ishlab chiqish va tutash muxit mexanikasining baʼzi bir chegaraviy masalalarini qoʼyilishini avtomatlashtirishgan. Sizish nazariyasida ham qator algoritmik sistemalar yaratgan, ular neft va gaz konlarini loyixalashda hamda gazni er ostida saqlash masalalarida qoʼllaniladi.


Fayzullaev Jorulla Fayzullaevich

1974 yildan OʼzR FА ning muxbir aʼzosi, mexanika soxasidagi taniqli olim. J.F.Fayzullaev neft mexanikasida, biomexanikada, sugʼorishda keng qoʼllanilayotgan koʼp fazali tizimlar gidrodinamikasini ishlab chiqqan. Landau-Raxmatulin mexanik modeli va А.А.Ilyushinni qovushqoq-plastik muxit modellari asosida aralashmalarni turli xil reologik xossalarga ega boʼlgan, qovushqoq-plastik, qovushqoq va ideal muxitlarni gidrodinamik modelini ishlab chiqqan. Bu gidrodinamik model Raxmatulin-Fayzullaev modeli deb nomlanadi. Ikki fazali muxitlarni qovushqoq-idel xarakatlarini nazariy tadqiqotlari natijalari asosida ideal va qovushqoq fazalar kinematik nuqta nazardan oʼzini qovushqoq suyuqlik kabi tutishini koʼrsatib berdi. Nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida sugʼorish suvlarini tejash imkonini beruvchi tuproqni ichki sugʼorishni tavsiya qildi. U suyuqliklarga magnitli qayta ishlashni gidrodinamik taʼsirlarini oʼrgandi va magnitli qayta ishlash yordami bilan xoʼl plastinka sirtidagi namlikni bugʼlanish tezligi effektini aniqlagan.


Rashidov Tursunboy Rashidovich

1984 yildan boshlab OʼzR FА ning akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, Oʼzbekiston davlat mukofoti sovrindori. T.R. Rashidov murakkab tarmoqli er osti inshootlari seysmodinamikasi nazariyasi yaratgan, tajribaviy tadqiqotlar va zilzila oqibatlarini keng koʼlamda oʼrganib asoslagan. Birinchi marotaba er osti inshootlarini atrofidagi grunt bilan elastik-qovushqoqplastik xossaga ega boʼlgan, oʼzaro taʼsirini mohiyatini aniqlagan, quvurlarni mayda zarrachali gruntlar bilan oʼzaro taʼsirini ularni birgalikdagi harakatida hamma kinematik parametrlarini hisobga oluvchi reologik modelini ishlab chiqqan. U bino va inshootlarni zilzilabardoshligi nazariyasini, hayotni taʼminlovchi tizimlarni er osti inshootlarini, metropolitenlarni statsionar va peregon tonnellarini hisoblash usullarini rivojlantirgan. Uning rahbarligi ostida GIS-texnologiyasi asosida kuchli zilzilalarda aholi yashash punktlarini seysmik xavfini va zararlanishini baholashni metodologiyasi ishlab chiqilgan va Respublikamizning katta shaxarlariga qoʼllanilgan, shuningdek Toshkent, Samarqand, Namangan va Xiva. Uning rahbarligida ishlab chiqilgan tavsiyalar meʼyoriy xujjatlarda va Toshkent metropolitenini qurilishida zilzilabardosh qurilish boʼyicha qoʼllanma sifatida qoʼllanilgan, seysmoizolyatsiyalangan asosli binolarni va er osti kommunikatsiyalarida va zilzilaviy xuddudlarda inshootlar qurilishida qoʼllanilmoqda.


Usmonxujaev Xalim Xaydarovich

1984 yildan OʼzR FА akademigi, mexanika soxasida taniqli olim, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, Oʼzbekiston davlat mukofoti sovrindori, Oʼzbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasi boʼyicha ilmiy maktab tashkilotchisi. X.X.Usmonxoʼjaevning asosiy tadqiqotlari mexanizmlar, mashinalar va avtomatik liniyalar nazariyasi, richagli va epitsiklik mexanizmlar nazariyasi paxta terish mashinalari nazariyasi, mashina agregatlarini dinamikasi bilan bogʼliq. Namlikni, temperaturani va strukturasini hisobga olib, turli kinematik juflar orasidagi ishqalanish koeffitsientini aniqlovchi uskunani yaratgan. Paxtani terim toʼlalagi bir xillik nazariyasini va paxta terish mashinalarini unumdorligi boʼyicha baholash metodikasini; koʼp valli jinlar unumdorligi va uning parametrlarini asoslashni; pnevmatik va mexanik saralovchi va yangi tugʼri tartibli paxta teruvchi apparat; koʼp urunma planetar mexanizmli paxmoqlaydigan mashinalar nazariyasi ishlab chiqqan. Dinamik konstruktsiyalarni kinematik juftlarini nazariyasini ishlab chiqqan va paxta terish apparati tashkil qiladigan shpindellari oilasini yaratuvchilaridan biridir. Tadqiqot natijalari asosida paxta terish jarayonlari nazariyasi boʼyicha "EPI-tsipotsiklograf universal uskunasini" yaratgan.


Glushenko Аleksey Danilovich

1984 yildan OʼzR FА akademigi, taniqli olim va mashinalar dinamikasi, tebranishi va mustaxkamligi sohasida ilmiy maktab tashkilotchisi. А.D.Glushenko terim apparatida gʼoʼza tupiga koʼp marotaba ishlov beruvchi (MOKX) yangi texnologik sxemasini ishlab chiqqan, vertikal shpindelli paxta terish mashinasida shpindellar, baraban va ajratgichlarini tebranishlarini tadqiq qildi, tebranishlarni soʼndiruvchi moslama parametrlarini asosladi, paxta terish mashinasi shpindel uzatma mexanizmlarini takomillashtirdi, yangi konstruktsiyadagi tasmalar bilan shpindel uzatma mexanizmlarini loyihalash metodlarini, ularni ishonchli va uzoq muddat ishlash usullarini yaratdi va ular 17XV-1,8 va 14XV-2,4 paxta terish mashinasi apparatiga qoʼllanildi. Yuqori samarali va mukammal texnik echimga ega boʼlgan MOKX apparati paxta xom ashyosini terishda terim toʼliqligini, paxtadan tola va ip (pryaja) chiqish miqdorini oshirishga imkon yaratdi. Bu apparat paxta terish mashinasining oltita modifikatsiyasida qoʼllanildi. Teplovozlardagi tortuvchi elektrodvigatellarin tebranish nazariyasi va dinamik mustaxkamlikka hisoblash, hamda ularni echmasdan turib texnik xolatini diagnostika qilish usullarini yaratdi. U elektrovoz gʼildirak juftlarining rels bilan oʼzaro taʼsir natijasida edirilishini modellashtirdi va asosladi, VL-80 elektrovozlari hamda TE 10M markali teplovozlar gʼildirak juftligining relsga tegib turuvchm yuza notekisligi yoki edirilgan joylarni qizdirib, eritma quyish yoʼli bilan qayta tiklashning eng qulay usullarini asosladi, VL-60K va 2VL-60K, eletrovozlarni kuzovi va telejka rama detallarini kuchaytirish boʼyicha instruktsiyalarni yaratdi, bular “Oʼzbekiston” deposida va “Oʼztemiryoʼlmashtaʼmir” da tadbiq qilindi.


Lebedev Oleg Vladimirovich

1987 yildan Oʼz RFА akademigi mexanika soxasida taniqli olim, gʼildirakli mashinalarni konstruktsiyalash va ularning ekspluatatsiyasi nazariyalarini yaratib, ilmiy maktab shakllantirgan. gʼildirakli mashinalar harakati boshqaruvida mavjud yoʼnalishlarni rivojlantirib, yangilarini yaratdi, rul boshqaruvi gidrodinamikasi nazariyasi, istiqbolli gidrokuchaytirgich va shinalar bosimi manbalari hisobi, shular jumlasidan. U yaratgan ixtirolar rul boshqaruvi tizimlari, gidroyuritma, traktorlar gidrotizimi va old koʼprigi ekspluatatsiyasida keng foydalaniladi. O.V.Lebedev yaratgan bunker gidroqulfi paxta terish mashinasining mehnat samaradorligini oshiradi, vibrotribometr material emirilishini yuqori darajada aniqlaydi va tajribada keng qoʼllanilib kelmoqda. U ishqalanish jarayonida moylash materiallarining emirilishga qarshi xususiyatlari sohasida muhim kashfiyot qilgan, moyda kislorod qancha kam boʼlsa, emirilish shuncha sekin boʼladi. Zamonaviy texnologiyalar va noosferaning oʼzaro bogʼlanishi, mexanika, kuchli chiziqsizliklarga ega dinamik tizimlar, mashinalar mexanikasi sohalariga favqulodda holatlar nazariyasini tadbiqan rivojlantirgan. U birinchi boʼlib, xaos va favqulodda xolatlar nazariyalarini avtomobilqurilishi masalalariga qoʼllash boʼyicha izlanishlarni boshlagan. Mashinasozlikda laboratoriyaviy va tabiiy sinovlarni sonli, yarim tabiiy va imitatsion modellashtirish bilan almashtirish imkonini beruvchi mexatronika (mexanikaning zamonaviy izlanish uslublari va kompyuter texnologiyalari) sohasidan foydalangan.


Joʼraev Toʼxtamurod Joʼraevich

1989 yildan OʼzR FА akademigi, matematika soxasidagi taniqli olim, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, Oʼzbekiston davlat mukofoti sovrindori. T.D.Joʼraev Oʼzbekistonda xususiy xosilali differentsial tenglamalar yoʼnalishida ilmiy maktab yaratgan. Matematik fizikaning klassik boʼlmagan tenglamalari uchun chegaraviy masalalarni aniqlik nazariyasini ishlab chiqilishiga katta hissa qoʼshgan. U elleptik-giperbolik, elliptik-parabolik va giperbolik-parabolik tipidagi aralash tenglamalarni tizimli oʼrganishni amalga oshirgan, shuningdek parabolik-giperbolik aralash tenlamani uchun nomaʼlumni chiziqli oʼzgarishi tipidagi chegaraviy masalani birinchi marta oʼrgangan. U uchinchi va toʼrtinchi darajali tenglamalarni toʼliq klassifikatsiyalagan va ularni kanonik koʼrinishda echish metodini koʼrsatgan.

 

 



Mubarakov Yarmuxammad Nurupovich

1995 yildan OʼzR FА ning akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, Oʼzbekiston Davlat mukofoti sovrindori. Ya.N.Mubarakov er osti inshootlarining seysmodinamik nazariyasini rivojlantirib, fazoviy jismlarni kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik xolati tadqiqotlari asosida nazariy asoslarni ishlab chiqdi, ularni er osti inshootlarini konstruktsiyalarini fazoviy modelini xarakterli parametrlarini bogʼliqligini va seysmik toʼlqinlar nazariyasida qoʼlladi, tabiiy dala sharoitida oʼtkazilgan tajriba sinovlar asosida keng miqiyosda er osti portlashlari taʼsirida turli bino va inshootlarni zilzilabardoshligini va mustaxkamligini, turli konfiguratsiyali silindrik er osti inshootlarini turli grunt sharoitlarida oʼzaro taʼsir parametrlarini aniqlagan va Toshkent va Sofiya metropolitenini, Baykal-Аmur trunsport tunnellarini hisoblash modellarini aniqlagan, uning ishlab chiqqan bir qaor tavsiyalari seysmik xududlarda bino va inshootlar qurilishi boʼyicha meʼriy va boshqaruv xujjatlariga kiritilgan.

 


 


×