Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasiga a'zo tashkilotlar o‘rtasida “Akademiada 2022” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 4-5 iyun' kuni Moliya institutining yopiq sport majmuasida minifutbol va badminton hamda 11-iyun' kuni esa botanika bog‘ida akademkross, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasiga a'zo tashkilotlar o‘rtasida “Akademiada 2022” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bu sport musobaqalarida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti jamoasi barcha sport turlaridan to‘liq tarkibda qatnashdi. 

  

  

  

Shaxmat sport turida qatnashgan xodimimiz Azamat Axmedov turnirda munosib qatnashdi va barcha raqiblarini yenggan holda turnirning mutloq chempioniga aylandi. A.Axmedov oldingi musobaqalarda yuqori o‘rinlarni olib kelgan Matematika instituti, Yadro-fizika instituti va Polimerlar kimyosi institutining kuchli shaxmatchi xodimlarini yengib ulardan muhim ochkolarni tortib oldi. Qolgan shaxmatchilarni osonlik bilan mag‘lub etib ochkolar bilan turnir muddatidan oldin chempion bo‘ldi. Akademkross musobaqasida 55 yoshdan kattalarda qatnashgan 77 yoshli xodimimiz Gerasim Nikolaevich Soy musobaqada eng yoshi katta sportchi sifatida e'tirof etildi va maxsus diplom bilan taqdirlandi. 
Boshqa sport turlaridan qatnashgan xodimlarimiz natijalari sovrinli o‘rinlarga biroz yetmay qoldi. Oxirgi ikki yil pandemiya sababli musobaqalar o‘tkazilmadi. Institutimiz jamoasi yangi ishga kelgan yoshlar bilan to‘ldirildi. Bu turnir ularga sinov tariqasida bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Keyingi musobaqalarga xodimlarimiz jiddiy shug‘ullanishadi deb o‘ylaymiz.
G‘olib sportchi xodimimizni yana bir bor tabriklaymiz!


×