OʼzR FА M.T. Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori (2021-yildan hozirgi vaqtgacha).
Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, yer osti inshootlarining seysmik mustaxkamligi, gruntlar dinamikasi, iplar mexanikasi sohalarida ilmiy faoliyat olib borayotgan olim.
Sultanov Karim Sultanovich Toshkent politexnika institutini (1971) va Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1986). Ixtisosligi injener - mexanik va matematik. 1971 yildan boshlab OʼzR FА Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi institutida ishlaydi. Nomzodlik dissertatsiyasini (1977) va doktorlik dissertatsiyasini (1992) 01.02.04 – «Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi» ixtisosligi boʼyicha M.V. Lomonosov nomli Moskva davlat universitetida yoqlagan.
Uning ilmiy ishlari natijalari 2 ta monografiyada, 300 dan ortiq ilmiy maqolalarda, ulardan 130 tasi ilmiy jurnallarda, shundan 40 tasi nufuzli chet el ilmiy jurnallarida, 90 dan ortiq maqolalar ilmiy toʼplamlarda, simpoziumlar, xalqaro va respublika konferentsiyalari materiallarida nashr qilingan. Uning ilmiy raxbarligi ostida 5 ta doktorlik va 11 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan.