OʼzR FА M.T. Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari (2023-yildan hozirgi vaqtgacha).
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. Bino va inshootlar, shuningdek yer osti quvurlarining zilzilabardoshligi sohasida faoliyat olib borayotgan olim.
1981 yil 10 yanvarda Namangan viloyati Pop tumanida tugʼilgan. 1999 yil Namangan viloyati Pop tumanidagi 6 – Kasb xunar maktabini tamomlab shu yili Namangan muxandislik-pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. 2003 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlab bakalavr darajasini oldi va shu oliygohni magistraturasini 2005 yilda tamomlagan va magistr darajasini olgan. 2006 yilda OʼzR FА M.T.Oʼrоzbaev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi insitutining aspiranturasiga o’qishga kirgan. Keyinchalik kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan.
60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 1 ta monografiya, 3 ta dasturiy maxsulot muallifi.