Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Ismoilova Sabida Isroilovna - Ilmiy kotibi

OʼzR FА M.T. Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy kotibi (2014-yildan hozirgi vaqtgacha).

Texnika fanlari doktori. Toʼqimachilik iplarining mexanik xususiyatlarini oʼrganish, ularning texnologik jarayonlarda oʼzgarish chegaralarini aniqlash va tadbiq qilish hamda iplarning mustahkamligini aniqlashning ilmiy asoslarini yaratish sohasidagi olim.

1973-yil 11-mayda Tojikiston Respublikasi Xoʼjand viloyatida tugʼilgan. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutini 1995-yilda tomomlagan. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti laboranti, katta lobaranti, OʼzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Fizika-matematika, texnika va Yer haqidagi fanlar boʼlinmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, ilmiy ekspertiza boʼlimi bosh mutaxassisi, OʼzR FА Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 1 ta monografiya va 2 ta dasturiy mahsulotlar muallifi.


×