Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O`zbekistonda seysmik holatni baholash masalalari yuzasidan matbuot anjumani

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va boshqa mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda zilzila, sel, toshqinlar kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, seysmik holatni baholash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma'lumot berildi.  

  

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 2023 yil 1 yanvardan bugungi kungacha magnitudasi M= 2.8-6.8 bo‘lgan 250 dan ortiq zilzila qayd etilgan. O‘zbekiston geologik joylashuviga ko‘ra, O‘rtaer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylashgan. 1900 yildan shu kunga qadar 60 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan) zilzilalar sodir bo‘lgan. So‘nggi 10 yil mobaynida respublikada jami olti marotaba 6 - 8 balli zilzilalar sodir bo‘lgan, natijada qurbonlar soni 16 kishini, jabrlanganlar soni 54 kishini, iqtisodiy zarar esa 84 mlrd. so‘mni tashkil etgan.


×