Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Namanganda yirik Xalqaro Forum oʼz ishini boshladi

Namangan shahrida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan davlat universiteti hamkorlikda “Fargʼona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yoʼnalishlarini rivojlantirish istiqbollari” muhokamasiga bagʼishlangan “Fizika - 2022” ikkinchi Xalqaro Forumi oʼz ishini boshladi.

  

Ushbu forumda respublikamiz hamda xorijiy davlatlarning akademiklar, professorlar, fizika fani boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 dan ortiq ilm-fan namoyondalari ishtirok etishmoqda.

  

Forum doirasidagi asosiy tadbirlarda “Fargʼona vodiysida fizika ilm fanining bugungi kuni va yangi yoʼnalishlarini rivojlantirish istiqbollari” faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlarining samaralari, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-moxiyatiga ilm-fan vakillarining eʼtiborini qaratish orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yechim topish maqsad qilingan.

 


×