Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Institut direktorini doktorantlar, tayanch-doktorantlar, stajer tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbarlari bilan uchrashuvi

Joriy yilning 10 aprel kuni institutimizda tahsil olaetgan 1, 2, 3-chi bosqich doktorantlar, tayanch doktorantlar, stajer-tadqiqotchilar hamda ularning ilmiy  maslahatchi va ilmiy rahbarlari ishtirokida Institut direktori K.S.Sultanov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda O‘zR Fanlar akademiyasida joriy yilning 07 aprel kuni bo‘lib o‘tgan doktoranturada hamda stajer-tadqiqotchilar faoliyati yuzasidan yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

  

Shu jumladan: 
Institutda tahsil olaetgan doktorantlarga ilmiy rahbarlar tomonidan katta axamiyat berishlarini, dissertasiya ishlarini o‘z muddatlarda himoya qilishlari hamda joriy yilning 3–chi bosqich bitiruvchilari tomonidan avtoreferatlarini sentyabr' oyida tayer bo‘lishi kat'iyyan nazoratga olinishi to‘g‘risida ham gapirib utildi. 

  

Ko‘rib chiqilgan masalalarda yana bittasi, O‘zR Prezidentining 2021 yil 19 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5117 sonli qarori hamda O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi «Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 312-son qarorlarini ijrosini ta'minlash yuzasidan institutda tahsil olaetgan doktorantlar, tayanch doktorantlar hamda stajer-tadqiqotchilar joriy yilning dekabr oyigacha V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olishlari zarurligi to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.

  

Shu jumladan tayanch doktorantura hamda doktorantura faoliyatiga tegishli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 


×