Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Fan va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligi

Fan va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligini o‘rnatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va «O‘zcharmsanoat» uyushmasi o‘rtasida uchrashuv  tashkil etildi. 

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari va «O‘zcharmsanoat» uyushmasi mutahassislari tomonidan charm-poyabzal va mo‘ynachilik sanoatida mavjud muammolar tahlil qilindi. Tomonlar o‘rtasida, yaqin hamkorlikda ishlab, sanoatdagi muammolarni bartaraf etishga kelishuvga erishildi.

  

  

Tomonlar o‘rtasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, xalqaro ko‘rgazma-yarmakalar, forum va anjumanlar qatnashish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Hamkorlikda bajariladigan ishlar asosida mahalliy teri va mo‘yna xom ashyolarni qayta ishlash uchun istiqbolli texnologik mashinalar va qurilmalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan innovasion va ilmiy-tadqiqot loyihalarni bajarishga kelishib olindi.


×