Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Institut direktorlari

                                 

   

 1943 - 1947 yy.

 Nazarov Nikolay Nikolaevich (1907 - 1947 yy.) – fiz.- mat. fanlari doktori, professor, ilmiy yoʼnalishi: ortogonli polinomlar nazariyasi, differentsial, integral va integro- differentsial tenglamalar, mexanika va aerodinamika.

 

 


 

 

1947 - 1957 yy.

Urazbaev Muxammad Tashevich (1906 - 1971 yy.) – texnika fanlari doktori, professor, OʼzR FА akademigi, ilmiy yoʼnalishi: umumiy mexanika, suyuqlik va gaz mexanikasi, deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, mexanizm va mashinalar mexanikasi, hisoblash mexanikasi.


1958 - 1959 yy.

Rizaev Shukur Rizaevich (1912 - 1992 yy.) – texnika fanlari nomzodi, ilmiy yoʼnalishi: tuproq inshootlarining ustivorligi nazariyasi va hisoblash usullari.


1959 - 1962 yy.

Ismailov Muxammadjon Iminovich (1909 - 1994 yy.) – texnika fanlari nomzodi, ilmiy yoʼnalishi: aerogidrodinamika, pnevmatik paxta terish mashinalari nazariyasi.


1962 - 1963 yy.

Fayzullaev Jorullo Fayzullaevich (1924 - 1992 yy.) – texnika fanlari doktori, professor, OʼzR FА muxbir aʼzosi, ilmiy yoʼnalishi: koʼp fazali va koʼpkomponentli muhitlarning gidrodinamikasi va turli reologik xususiyatlarga ega boʼlgan aralashmalar.


1963 - 1966 yy.

Kabulov Vasil Kabulovich (1921-2008 yy.) – fiz.- mat. fanlari doktori, professor, OʼzR FА akademigi, ilmiy yoʼnalishi: sterjenlar, qobiqlar va plastinalar nazariyasi, tutash muhitlar mexanikasi va algoritmlashtirish.


1966 - 1974 yy.

Rashidov Tursunboy Rashidovich (1934 y. tugʼilgan) – texnika fanlari doktori, professor, OʼzR FА akademigi, ilmiy yoʼnalishi: yer osti inshootlari seysmik mustahkamligining dinamik nazariyasi, GIS texnologiyasi asosida kuchli zilzilalar paytida turar-joy binolaridagi seysmik havf va zararlarni baholash metodikasi.


1974 - 1985 yy.

Djuraev Tuxtamurad Djuraevich (1934 - 2009 yy.) – fiz.- mat. fanlari doktori, professor, OʼzR FА akademigi, ilmiy yoʼnalishi: xususiy hosilali differentsial tenglamalar, korrekt qoʼyilgan matematika fizika tenglamalarining noklassik chegaraviy masalalari nazariyasi.


1985 - 1991 yy.

Babamuratov Kamol Shaymardonkulovich (1936-2009 yy.) – fiz.- mat. fanlari doktori, professor, ilmiy yoʼnalishi: murakkab yuklamalar sharoitidagi konstruktsiyalar mustahkamligi va elastik-plastik eksperimental-nazariy tadqiqotlar.


1991 - 1997 yy.

Mubarakov Yarmuxammad Nurupovich (1944-1999 yy.) – texnika fanlari doktori, professor, OʼzR FА akademigi, ilmiy yoʼnalishi: fazoviy yer osti inshootlarining dinamik nazariyasi, chidamlilik va konstruktsiyalar seysmik mustahkamligi.


1997 - 2013 yy.

Rizaev Аnvar Аbdullaevich (1952 y. tugʼilgan) – texnika fanlari doktori, professor, ilmiy yoʼnalishi: paxta kompleksi mexanizmlari va mashinalari nazariyasi, paxta terish mashinalari texnologiyasi.


2013 - 2014 yy.

Sagdiev Xamidulla (1951 y. tugʼilgan) – texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, ilmiy yoʼnalishi: konstruktsiyalarning chidamliligi va seysmik mustahkamligining eksperimental-nazariy tadqiqotlari.


2014 - 2018 yy.

Аbirov Rustam Аbdullaevich (1968 y. tugʼilgan) – fiz.- mat. fanlari doktori, katta ilmiy xodim, ilmiy yoʼnalishi: murakkab yuklamalar sharoitidagi konstruktsiyalar mustahkamligi va elastik-plastik eksperimental-nazariy tadqiqotlar.


2018 - 2021 yy.

Sagdiev Xamidulla (1951 y. tugʼilgan) – texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, ilmiy yoʼnalishi: konstruktsiyalarning chidamliligi va seysmik mustahkamligining eksperimental-nazariy tadqiqotlari.


2021 - yildan hozirgi vaqtgacha.

Sultanov Karim Sultanovich (1949 y. tugʼilgan) – texnika fanlari doktori, professor, ilmiy yoʼnalishi: deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, yer osti inshootlarining seysmik mustaxkamligi, gruntlar dinamikasi, iplar mexanikasi.


 


×