Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“Suyuqlik gaz va gidrouzatish tizimlari mexanikasi”laboratoriyasi xodimlari tomonidan “Transport vositasining yuqori klirensli osma tizimi” uchun ixtiroga Patent (№IAP 06768, 12.02.2022 y) olindi.

  

Ishlanmaning ma'lum ixtirolardan farqi oldingi konstruksiyalarda transport vositalarining klirensi pog‘onali o‘zgartirilardi, mazkur ixtiroda transport vositasi klirensi keng diapazonda minimal kattalikdan maksimal kattalikkacha pog‘onasiz o‘zgartirish imkonini beruvchi yuqori klirensli osma konstruksiya ishlab chiqildi. Mohiyatan ixtiro transport vositalaridan: transport ishlarida (minimal klirens), texnik va baland poyali o‘simliklarga mexanizasiyalashgan ishlov berishda, yuqori klirensli purkagichlarda (maksimal klirens) keng foydalanish imkonini yaratadi.


×