Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Hamkorlar

OʼzR FА M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan hamkorlik olib borayotgan muassasalar


OʼzR FА M.T.Oʼrozboev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyailar vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Institut 2018-yilda Janubiy Koreyaning "San Mun" universitetining "Universitet-sanoat hamkorligi" markazi va Qozogʼistonning Аlma-Аta universiteti bilan hamkorlik qilish boʼyicha shartnomalar imzoladi. Koʼp yillar davomida institut АQShning Berkli universiteti, Rossiya, Ukraina, Qozogʼiston, Qirgʼiston va boshqa davlatlar ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar oʼrnatgan.

Respublika oliy taʼlim muassasalari OʼzMU, ToshTYMI, TАQI, TАYLQEI, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent filiali, TTESI, ToshDTU, ToshKTI, ToshIQXMMI va boshqalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan va ular asosida ilmiy-texnik hamda ilmiy kadrlar tayyorlash boʼyicha ishlar olib bormoqda. Institutda 2018-yilda OʼzMU, TАQI, TTESI, TАYLQEI talabalari tomonidan 4 ta magistrlik dissertatsiyalari va 6 ta bakalavr diplom ishlari bajarildi.


×