Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Maqolalarni rasmiylashtirish qoidalari

"Mexanika muammolari" O‘zbekiston jurnali uchun maqola tayyorlash va qabul qilish tartibi

Maqola hajmi 4-5 betdan oshmasligi kerak. Maqola matni А4 formatda, Microsoft Word redaktorida elektron variantda topshirilishi kerak. Betlar chegarasi chapdan – 2 sm; oʼng, tepa va pastdan – 2.5 sm. Maqola matni bir intervalda, 11 pt oʼlchamli Times New Roman shriftida yozib, 2 nusxada topshiriladi. Har bir nusxada maqola oxirida mualliflar imzosi boʼlishi talab etiladi.

Maqolaga adabiyotlar roʼyxati, oʼzbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya qoʼshimcha qilinadi (hajmi 3-4 qator). Maqolani birinchi betida UDK, muallifning (mualliflar) ismi familiyasi, maqolani nomi bosh xarflar bilan yozilgan boʼlishi kerak. Аdabiyotlar roʼyhatidan keyin maqola taqdim etilayotgan institut yoki tashkilot nomi va maqola topshirilgan sana koʼrsatilishi. Аlohida betda maqola taqdim etayotgan mualliflar haqida maʼlumotlar, elektron pochta manzili va ular bilan bogʼlanish mumkin boʼlgan aloqa telefonlari keltiriladi.

Har bir maqolaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- ekspertiza xulosasi;

- laboratoriya (kafedra) yoki muallif ishlovchi tashkilot seminari xulosasi;

- jurnalning bosh muharriri akademik T.R. Rashidov nomiga tashkilot rahbaridan rasmiy xat.

Taqdim etilgan maqola bir necha marta dastlabki ekspertizadan oʼtkaziladi. Ekspertiza natijalariga bogʼliq holda maqola muallifga qaytarilmaydi. Maqolani jurnalda chop etish masalasini bosh muharrir taqdim etilgan maqola yoʼnalishi boʼyicha tahririyat aʼzolari bilan birgalikda hal qiladi. Maqolaga retsenzentning koʼrsatgan kamchilliklari muallif toʼgʼrilab qaytadan tahririyatga topshiradi. Qayta ishlangan maqola tahririyatda qaytadan koʼrib chiqiladi. Yangi variantdagi maqolaning qoʼl yozmasi tayyor boʼlganidan soʼng, muallif retsenzentning koʼrsatgan kamchiliklari va savollariga batafsil javob berib, qayta ishlash jarayonida maqolaga kiritgan oʼzgartirishlarini keltirib oʼtilgan xat qoʼshimcha qiladi. Maqola chop etishga qabul qilingandan soʼng maqola muharrir tomonidan tahrir qilinadi.

Аdabiyotlar roʼyhati:

Havolada adabiyotlarga koʼrsatkichlar kvadrat qavslar ichida va uchrash tartibida koʼrsatiladi. Аdabiyotlar roʼyxati maqola oxirida GOST talablariga mos holda rasmiylashtiriladi(quyida adabiyotlar roʼyxatini rasmiylashtirish boʼyicha misollar keltirilgan).

1. Ляхов Г.М. Волны в грунтах и пористых многокомпонентных средах. М.: Наука,1982. – 286с.

2. Сагдиев Х.С., Саидий С.А., Тешабоев З.Р., Фасахов В.Г. Инженерный анализ последствий землетрясения 20.07.2011 г. // Проблемы механики. 2011. № 2. С. 8 – 13.

3. Ашрабов А.А. К исследованию контактных взаимодействий в трещинах железобетонных элементов // Сб. трудов РААСН. М., 2009. С. 89 – 94.


 


×