Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Institut haqida

OʼzR FА M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti haqida maʼlumot

Tashkil etilgan yili - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 1943 yilda tashkil topgan.

Qayta tashkil etilgan yili - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2017 yildagi PQ №2789 - son qaroriga asosan OʼzR FА Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va TDTU qoshidagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi bazasida qayta tashkil qilindi.

M.T.Oʼrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti quyidagi ilmiy yoʼnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi:

- deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi, eksperimental mexanika;
- bino va inshootlar seysmik mustahkamligi;
- suyuqlik va gaz mexanikasi;
- mexanizmlar va mashinalar nazariyasi, konstruktsiyalar dinamikasi va mustahkamligi.


×